Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo’ladi
2. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar.
2. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar.
Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo’lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk ga tengdir.
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o’ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo’lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega.