Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishi;
bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;
ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;
me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;
yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;
yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi