6.2. Innovatsion strategiyani tanlash uslublari.
Innovatsion strategiyani ishlab chiqishning asosini mahsulot hayotiy sikli nazariyasi, firmaning bozoriy holati va u о‘tkazayotgan ilmiy - texnikaviy siyosat tashkil etadi.
Innovatsion strategiyaning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. Hujum strategiyasi - bu strategiya tadbirkorlik raqobatchiligi prinsiplariga ega bо‘lgan firmalar uchun mо‘ljallangan. U kо‘pincha kichik innovatsion firmalar uchun taalluqli.
2. Himoya strategiyasi - firmaning raqobat prinsiplarini saqlab qolish. Bunday strategiya jadal ilmiy tadqiqot ishlarini talab etadi.
3. Immitatsion strategiya (immitatsiya - hayotda bо‘ladigan voqealarni simvollar orqali ifodalash). Bu strategiya kuchli bozoriy va texnologik holatlarga ega bо‘lgan firmalarga taalluqli. U yoki bu yangiliklarni birinchi marta о‘zlashtirmayotgan firmalar tomonidan qо‘llaniladi.
Mahsulot hayotiy sikli nazariyasiga asoslanib ishlab chiqilgan innovatsion strategiya, mahsulot qaysi hayot davri fazasida ekanligini hisobga oladi.
1. G‘oyaning tug‘ilishi. Masalan, kashfiyot davri va ishlab chiqarish davri.
2. Tug‘ilish. Masalan, texnik qarorning rasmiylashtirilishi va eksperiment firmaning patent firmaga о‘tish jarayonining boshlanishi.
3. Tasdiqlash. Masalan, konstruktiv sxemani va dastlabki namunalarni yaratish va patent firmadan violent firmaga о‘tish jarayonining boshlanishi.
4. Barqarorlik. Masalan, violent firmaning jahon bozoriga chiqishi.
5. Qisqartirish - sо‘nishning boshlanishi. Masalan, yaratilgan texnikaviy tizimni optimallashtirish tо‘g‘risida fikrning birinchi marta tug‘ilishi.
6. Sо‘nish. Masalan, yirik ishlab chiqarishdan о‘rta va kichik biznesga moslashtirish.
7. Oxirat. Masalan, foydalaniladigan texnika funksiyasini о‘zgartirish tо‘g‘risida fikrning paydo bо‘lishi.
8. Destrukturizatsiya - tizimning hayot faoliyati hamma jarayonlarining tо‘xtalishi. Masalan, firmaning tugatilishi.
Fan va texnikaning rivojlanish tendensiyasini aniqlash uslublari quyidagi tо‘rtta uslubda mujassamlashgan:
1. Struktura - morfologik taxlil uslubi. Bu uslub yangi tadqiqotlarning ichki tarkibini aniqlash uchun qо‘llaniladi va tarmoq ichi darajasida fan - texnika taraqqiyoti strategiyasini shakllantirishga imkon beradi.
2. Chop etish faolligi xarakteristikalarini aniqlash uslubi. Bu uslub tarmoq darajasida fan - texnika taraqqiyotini shakllantirish uchun qо‘llaniladi.
3. Terminologik va leksik taxlil uslubi. Yangiliklarning dastlabki bosqichlarida prinsipial yangiliklarning tug‘ilishini aniqlash va kutiladigan о‘zgarishlarning yо‘nalishini bashorat qilishga imkon beradi.
4. Kо‘rsatkichlar uslubi. Texnik tizim kо‘rsatkichlarining dinamik (kо‘p yillik) tavsiflarini о‘rganish.
Strategiya tanlovi qо‘yilgan maqsaddagi har bir yо‘nalish bо‘yicha amalga oshiriladi.
Strategiyani tanlashda BKG matritsasi ham qо‘llaniladi. Bunda "Yulduzlar"ga qarashli firmalar о‘sish strategiyasini tanlaydi. Barqaror tarmoqlarda yuqori о‘sish hissasiga ega bо‘lgan firmalar ("Sog‘in sigirlar") cheklangan о‘sish strategiyasini tanlaydi. Bozorda kam hissaga ega bо‘lgan firmalar ("Itlar") ortiqchani ayirish strategiyasini tanlaydi.
Strategiyani tanlashda mahsulot - bozor matritsasini ham qо‘llash mumkin.
U yoki bu strategiyani tanlashda rahbariyat 4 ta omilni hisobga olishi kerak:
1. Tavakkallik.
2. Oldingi strategiyalarni bilish.
3. Vaqt omili.
4. Mulk egalariga moslashish.
Strategiyani ishlab chiqish quyidagicha bо‘lishi mumkin:
- yuqoridan pastga;
- pastdan yuqoriga;
maslahatchi firmalar yordami bilan.
Dostları ilə paylaş: |