2-§. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo’linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim. O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq- ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar – stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar i
s
t Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan
ieste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va ’qiymatning o’sish jarayonidir.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko’p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan yalpi ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi.
Yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo’yicha talab va takliflar o’rganilib,
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:
) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli qismi – zaruriy mahsulot qiymati (v);
Dostları ilə paylaş: |