Ishlab chiqarish omillari


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari



Yüklə 27,4 Kb.
səhifə6/6
tarix16.12.2023
ölçüsü27,4 Kb.
#181054
1   2   3   4   5   6
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI

Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari


Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib
keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:

R'F

100% .

Bu yerda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi

quyidagicha aniqlanadi:
МU М V .

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini – KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD bilan, foydani – F bilan belgilasak quyidagi
formulalar hosil bo’ladi:

КU М К ;
КU YaД К ;
КU F К .

Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:

  1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash.

  2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.

  3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish.

  4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.

  5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.

  6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.

Yüklə 27,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin