Ishlab chiqarish samaradorligi



Yüklə 131,83 Kb.
səhifə6/9
tarix06.06.2023
ölçüsü131,83 Kb.
#125610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
64 (4)

Aktivlarni boshqarish. Korxonalar xo‘jalik faoliyatining xajmi va amalga oshirilayotgan operatsiyalar ko‘lamidan kelib chiqqan holda uning turli hildagi aktivlarga bo‘lgan talabini aniq o ‘rganish. korxona aktivlaridan samarali foydalangan holda ularning tarkibini optimallashtirish va likvidliligini ta’minlash, amortizatsiya hisoblashning eng maqbul yo‘Uarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moliyalashtirishni optimal yoMlari va manbalarini tanlash, aktivlarni boshqarish funksiyasining mohiyatini ifodalaydi.
Kapitalni boshqarish. Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o‘z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda moliyaviy resurslarni optimal yo‘llarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishi talab etiladi. Korxonaning hozirgi va kelgusidagi faoliyat turlarini amalga oshirishda foydalaniladigan moliyaviy resurslar bilan; ta’minlash, kapitalni boshqarish funksiyasining mohiyatini ifodalaydi. Bu asosan korxonaning kapitalga bo‘lgan jami talabini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish, moliyalashtirishning eng maqbul yo'llari va manbalarini aniqlash, qayta moliyalashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlami amalga oshirish kabilarni o ‘z ichiga oladi.

Mustaqilligimizni qo‘lga kiritmasimizdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda m a’muriy-buyruqbozlikka hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikrflng davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega boigan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanishiga to ‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan m a’lum.


O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi t a ’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy, milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.

Yüklə 131,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin