3. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish Ma’lum vaqt oralig‘ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot (Total product) desak, o‘rtacha mahsulot (Average product) – umumiy mahsulotni ushbu mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari (L,K) sarfiga nisbati bilan aniqlanadi:
; ; AP – o‘rtacha mahsulot, TP – umumiy mahsulot miqdori, L,K – sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari.
Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga aytiladi. Masalan, qisqa muddatli ishlab chiqarishda bitta o‘zgaruvchan omil, ya’ni faqat mehnat sarflansa, chekli mahsulot:
MPL – mehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mahsuldorligi. Mehnatning bir birlik oshishi natijasida umumiy maxsulotning oshishini ko‘rsatadi.
Q1, Q2 – Umumiy maxsulotning ikkita ketma-ket kelganlari.
L1, L2 – Mehnatning ikkita ketma-ket kelganlari.
Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish