Xulosa ................................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.................................................................
KIRISH Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda ishlab chiqarish mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotining xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotit.da tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.
Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar ishlab chiqarishning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotit.ning ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini ishlab chiqarish u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar ishlab chiqarishga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i.ch.ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan).
Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun shkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Mas, "RollsRoys" ingliz firmasi AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi. Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotit.da paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi .
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirishda mehnat omillaridan oqilona va samarali foydalanish hozirgi zamon iqtisodiy taraqqiyotining muhim sharti bo‘lib, mehnatni tashkil etish va boshqarish har qanday faoliyatning doimiy ravishda amal qiluvchi omilidir. Har qanday zamon hamda inson faoliyati olib borilayotgan barcha sohalarda texnika va texnologiyalar bilan qurollanish darajasi bilan barobar ravishda yaxshi tashkil etilgan mehnat yuqori natijalarga erishishni ta’minlab kelgan. Har qanday jamiyat taraqqiyoti, qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy nazar, yetuk va barkamol mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan siyosat bilan o‘lchanadi hamda unga shu nuqtai nazardan tegishli baho beriladi. Kelajakda yuqori marralarni egallashni oldinga maqsad qilgan O‘zbekiston birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda munosib va salmoqli o‘rin egallab bormoqda. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashgan holda mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasida mehnat munosabatlari sohasida iqtisodchi malakasiga (kasbiga) ega bo‘layotgan har bir bitiruvchi, o‘qish davomida o‘ta yuksak maqsadlarni ko‘zlab, xalq va Vatan manfaatlarini, talablarini o‘ylab, o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlardan mukammal bilimga ega bo‘lmoqdalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri, makroiqtisodiyotga taalluqli, jamiyat va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) samaradorligini oshirishga erishishdir. Bunga asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga muvaffaq bo‘lish mumkin. Ishchi kuchidan samarali foydalanish, ko‘pincha, bajarilishi zarur bo‘lgan har xil ishlar (xizmatlar) ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishiga, chunonchi ular ish bilan malakasiga, tajribasiga va hatto zukkoligiga yarasha bab-baravar ta’min etilishiga bog‘liq. Masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, bajarilishi zarur bo‘lgan mehnatni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida puxta o‘ylab, oqilona taqsimlash lozim. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida mehnat faoliyati bilan bandlikni tushunamiz. «Mehnat taqsimoti» atamasi xodimlarning mehnat funksiyalarini aniq belgilashni va birgalikdagi faoliyat davomida ularni chegaralab, ajratib qo‘yishni anglatadi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatidagi tabiiy va zaruriy jarayon bo‘lib, uning kerakligi va ahamiyati ko‘pgina olimlar tomonidan isbotlab berilgan. Chunonchi, Markaziy Osiyolik Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino ham bu masalaga alohida e’tibor berganlar.