4. O’zbekistonda mehnat taqsimoti ko’rsatkichlarini baholash. Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari butun dunyo, shu jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari kamayishini ta’kidlayotgan bo‘lsa ham, mamlakatda rejalashtirilayotgan taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish va hatto xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini mustahkamlab olish uchun imkoniyatlar mavjud ekanligini aytish mumkin. Buning uchun inqiroz davri va inqirozdan keyingi chora-tadbirlarni puxta o‘ylangan iqtisodiy-siyosiy qarorlar asosida olib borish taqazo etiladi.
4.1 rasm.2022 –yil 6-oy yakuni bo’yicha Namangan viloyatida korxona va tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari.
Korxonalarda mehnat taqsimotining turli shakllari qo‘llaniladi. Bu shakllardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlarini ko‘rib chiqamiz.Texnologik mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlash (peredel), faza sikllariga qarab bo‘linadi. Bunda eng muhimi, ularning bajarilishi texnologik jihatdan bir xil bo‘lishidir. qayta ishlash va fazalar ayrim ishlar: chilangarlik (tokarlik, slesarlik), payvandchilik (svarshiklik), qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo‘lakdan iborat bo‘lgan qolip (shtamp) orasiga olib urib, buyum tayyorlash va hokazolardan iborat bo‘ladi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish jarayonlari sodir qilinadi. Funksional mehnat taqsimoti qo‘llanilganida birovlar asosiy ishni bajarishga ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash-yakunlash, xizmat ko‘rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon bilan band bo‘lgan ishchilar, navbatchi ta’mirlash ishchilari, ishlab chiqarish xonalarini yig‘ishtiruvchi (farrosh)lar bo‘ladi. Malakali mehnat taqsimoti yoki bajariladigan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsimlash murakkab ishlar bilan oddiy ishlar bir-biridan ajratilishidan iborat. Shu bilan birga mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda, tayyorgarlik funksiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, sifatni nazorat qilishdagi murakkabliklar nazarda tutiladi. Amallar bo‘yicha mehnat taqsimoti – ishchilar mehnatini eng to‘la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish amalining tarkibiy qismlariga bo‘linadi. Masalan, maxsus bolt tayyorlashning texnologik jarayoni temirchilik – metall toblash, chilangar (tokar) – yo‘nish, naqsh solish, frezerlik – bolt boshidagi qirralarini frezerlash amallaridan iborat bo‘ladi. Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda xodim ishning, xizmatning ma’lum bir turida ixtisos topadi, shu ishning bajarilish texnikasini va tartibini puxta egallab oladi, zarur ko‘nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob-uskunalar va moslamalar ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat taqsimotida xodimlarni u yoki bu soha, yo‘nalish bo‘yicha tayyorlash ham osonroq kechadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining amaliyotda mehnat taqsimotining quyidagi shakllari ham bor: funksional mehnat taqsimoti; texnologik mehnat taqsimoti; malakali mehnat taqsimoti. Xodimlar alohida guruhlarining ishlab chiqarishdagi vazifalari va roli ijtimoiy xarakteriga binoan taqsimlanishi funksional taqsimot 38 deyiladi. Asosiy funksional guruhlarga quyidagilar kiradi: xodimlar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmatchi xodimlar (farroshlar, garderobchilar, xat tashuvchilar) va qorovullar (qo‘riqchilar va yong‘indan saqlovchilar). Xodimlar guruhi asosiy va yordamchi xodimlarga bo‘linadi. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida asosiy mahsulotni bevosita tayyorlashda qatnashuvchi xodimlar (to‘quvchilar, ip yigiruvchilar, matolarni bo‘yovchilar) asosiy xodimlar hisoblanadi. Yordamchi xodimlar asosiy xodimlarning normal, uzluksiz ishlashini ta’minlashadi. Vazifalar va ularni bajarish uchun kerakli mehnat ko‘nikmalarining texnikaviy xususiyatlariga qarab funksional guruhlar ichida kasb va ixtisoslar bo‘yicha mehnat taqsimoti professional yoki texnologik mehnat taqsimoti, deyiladi. To‘qimachilik ishlab chiqarishida, masalan, yigiruvchilik, xususan, to‘qimachilik va hokazolar ana shunday taqsimotga misol bo‘la oladi. Professional mehnat taqsimotining ikki xili bor: predmetli (detalli) va operatsiyali mehnat taqsimoti. Predmet mehnat taqsimotida xodim tayyor buyum yoki qism ishlab chiqaradi. Operatsiyali mehnat taqsimotida esa buyumni (detalni) tayyorlash qator amallarga bo‘linib, har qaysi amalni alohida xodim bajaradi. Feodalizm jamiyatida sex hunarmandchiligi ko‘rinishidagi predmetli mehnat taqsimoti hukmron bo‘lib, unda har bir usta (aravasoz, etikdo‘z, temirchi, kulol, qo‘xnado‘z va h.k) bitkazib, tayyor qilingan buyum chiqarishga ixtisoslashgan. Bunda tor ixtisoslashuv hunarmandchilik mehnat qurollari negizida mehnat samaradorligining keskin o‘sishini ta’minlaydi. Kasbiy mehnat taqsimoti xodimlarning ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi. Bunda ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo‘yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ish (xizmat) hajmiga qarab ishchilarga bo‘lgan talabni - sex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hakozalar uchun kasblar bo‘yicha talab qilinadigan xodimlar sonini belgilash mumkin.