Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


-rasm. Farg’ona viloyati qishloq hududlarida bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari darajasi, ming kishi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə15/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

8-rasm. Farg’ona viloyati qishloq hududlarida bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari darajasi, ming kishi (ustunli taqqoslash diagrammasi)

Ustunli yoki lentali diagramma orqali hodisa tarkibni aniqlashda ularning jami uzunligi yoki bo’yi 100% yoki jami mutlaq miqdor (yig’indi)ga teng qilib olinadi va har bir tarkibni ifodalovchi ko’rsatkichlar (nisbiy, ya’ni foizli va mutloq miqdor) diagrammalarda ularning uzunligi bo’yicha mos ravishda ma’lum bir masshtabda belgilanadi. Sektorli diagrammalarda tarkibni ifodalovchi ko’rsatkichlar sektorning gradus (radian) o’lchoviga mos ravishda grafiklar tuziladi. Ya’ni butun sektor yoki doira 360 va jami tarkib - to’plam 100% ga teng bo’lsa, 1% 3,6 ga teng deb qabul qilinadi. Agar bir nechta hodisaning tarkibini o’rganmoqchi bo’lsak, ularga mos ravishda o’lchovlari teng bo’lgan bir nechta diagrammalar (ustunli, lentali diagrammalarda uzunliklari teng, figurali diagrammalarda yuzasi va boshqa o’lchovlari teng, sektorli diagarammalarda radiuslari teng bo’lgan bir xil turdagi diagrammalar) qo’llaniladi.


Hodisalar vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlash uchun dinamika diagrammalari tuziladi.Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin. Dinamika diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang’ich ma’lumotlar xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog’liq. Masalan, teng bo’lmagan oraliqlardagi davrlar darajalarini o’rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali diagrammalar ishlatiladi. O’zgarish sur’ati qatorida darajalar soni ko’p bo’lganda chiziqli diagrammalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimi qo’llaniladi. Odatda, abtsissalar o’qi bo’yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar), ordinatalar o’qi bo’yicha esa – tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Ordinatalar o’qiga miqyoslar kiritiladi. Ularning tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur, chunki bunga grafikning yaqqol ko’rinishi bog’liqdir (9-rasm).


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin