Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Aholining sotsial turmush sharoiti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə56/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Aholining sotsial turmush sharoiti - bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish har tomonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobilyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash nisbatan kam daromadli oilalarning bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko’rsatkichlar umumlashtirib ifodalaydi;

  • jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad;

  • nominal va real daromad indekslari;

  • turmush qiymati indeksi;

  • inson barkammoligi indekisi;

  • qashshoqlik indeksi;

  • aholi pul daromadlari va harajatlari balansi;

  • yashash minimumi va boshqalar.

Bu ko’rsatkichlar qiymat pul ko’rsatkichlari bo’lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan SMD iqtisodiy taraqqiyotini va aholi turmush darajasini ifodalaydi.
Ktd = SMD /A
Bu yerda; K- aholi turmush darajasi koeffitsienti;
SMD - sof milliy daromad A - aholining o’rtacha soni.
Aholi turmush darajasining yuksalishi uchun SMDning o’sish sur’ati aholining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi indeksini xisoblash kerak:
CMD1 SMD0
Jatd=--------- : ---------
A1 A0

Jatd =Ktd1 : Ktd0


Bu yerda: Jatd-aholi turmush darajasining indeksi


Agar Jatd  1 bo’lsa, iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan.Agar Jatd  1 bo’lsa, aksincha.
Jatd = 1 bo’lganda aholi turmush darajasi ham o’zgarmagan.
Nominal daromad – bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan xaq bo’lib, u pul shaklidagi daromadni o’z ichiga oladi. SHu nuqtai nazardan nominal daromad quyidagicha hisoblanadi.
ND = MBOD + MKD
Bu yerda: ND-nominal daromad: MBOD - mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish xaqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi: MKD-mulkdan kelgan daromad , ya’ni foyda, foiz va divident ko’rinishida.
Real daromad jami pul daromadlaridan turli to’lovlar (soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi.

ND+TT-S
RD=--------------


Jr

Bu yerda : TT- transfer to’lovlar evaziga tushgan daromadlar;


S- Soliklar va turli tulovlar. J-bahoning umumiy indeksi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin