Bu korxonalarning asosiy vazifalari mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy bolmagan xizmat korsatishdan iborat bo’ladi. Umumiy ko’rinishda bu korxonalarning yalpi ishlab chiqarishi quyidagicha hisoblanadi:
YaICH=STX+BSTX
Bu yerda: STX - sotilgan mahsulot va xizmatlar; BSTX - bozorga chiqarish uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlar.
MICH = STX + BSTX
Bu yerda : STX- sotilgan mahsulot va xizmatlar:
BSTX - bozorga chiqarish uchun mo’ljallanmagan mahsulot va xizmatlar.
Moliyaviy sektor- bu tijoratga asoslangan, moliyaviy muomalalar bilan shug’ullanuvchi instituttsional birliklarni (tijorat-kredit muassasalarini), ya’ni :
Tijorat banklari moliya bozorida vositachilik vazifasini bajaradi.
Uning yalpi ishlab chiqarish, ya’ni pirovard daromadi quyidagicha hisoblanadi.
TBpd = DP + STF + QQ + V
Bu yerda : DP - depozitlardan tushgan foizlar, STF - sertifikatlardan tushgan foizlar, QQ- qimmatli qog’ozlarni chiqarish va undan tushgan daromadlar, V - veksellarni sotishdan tushgan daromadlar.
Quyidagi ko’rsatkichlar mamlakat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ishlab chikarilgan mahsulotlar va bajarilgan xizmatlar qiymatini yaxlit holda umumlashtirib ifodalaydi: