Tipologik guruhlash yordamida to’plamni turli xil tiplarga ajratiladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo’lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to’plam tarkibi o’rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida xodisalar o’rtasida o’zaro bog’lanish o’rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo’yicha amalga oshiriladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo’yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo’yicha bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo’ladi.
Guruhlar soni masala shartida ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda ularning optimal soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R=1+3,322logn bu yerda: n – to’plamdagi birliklar soni.
Statistik guruhlash, uning turlarini aytib bering?
Guruhlash belgisi va oralig’i haqida nimalarni bilasiz?
Guruhlash sonini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
Markazlashgan va markazlashmagan svodka deyilganda nimani tushunasiz?
Tipologik guruhlash qachon ishlatiladi?
Tuzilmaviy guruhlashning mohiyatini aytib bering?
Xodisalar o’rtasidagi bog’liklik belgisiga qarab guruhlash belgisi turlari?
Guruhlash intervalining turlari qanday bo’ladi?
Guruhlar sonining optimal formulasi aytib bering?
Foydalanilgan adabiyotlar: Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.
SHumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. SHumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s