Kuzatish dasturi deyilganda o’rganilayotgan to’plamning har bir boshlang’ich unsuri, birligi haqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi lozim bo’lgan belgilar to’plami tushuniladi.
Kuzatish ob’ekti deyilganda o’rganilayotgan xodisa va jarayonlar to’plami tushuniladi.
Kuzatish birligi deyilganda kuzatilayotgan to’plamning birligi tushuniladi.
Kuzatish birligidan hisob birligini farq qilish lozim. Xisob birligi deyilganda o’rganilayotgan to’plamning, ya’ni statistik kuzatish ob’ektining shunday boshlang’ich unsuri,birligi tushuniladiki, uning belgilari tekshirish jarayonida qayd qilinishi kerak.
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus xujjatda aks ettiriladi. Bu xujjat statistik formulyar deb ataladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va tushunishni ta’minlash maqsadida statistik formulyarlarni to’ldirish uchun instruktsiya tuziladi.
K