Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə4/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Nazorat uchun savollar

  1. Statistika fanining predmeti?

  2. Ommaviy ijtimoiy xodisalar deganda nimani tushunasiz?

  3. Fanning o’rganish usullari aytib bering?

  4. Statistik belgi, to’plam va ko’rsatkichga ta’rif bering?

  5. Statistik ko’rsatkich deganda nimani tushunasiz?

  6. Analitik ko’rsatkichlar qanday ko’rsatkichlar hisoblanadi?

  7. Atributiv belgi deganda qanday belgilarni tushunasiz?

  8. Miqdoriy belgi qanday belgi sanaladi?

  9. Statistik to’plam tarkibi doim bir xil bo’ladimi?

  10. Sifat va miqdor deganda nimani tushunasiz?



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.

  2. SHodiev X., Xabibullaev I. Statistika.Darslik. –T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.

  3. Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b

  4. Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.

  5. Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.

  6. SHumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. SHumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s

2-ma’ruza. Statistik kuzatish USLUBIYOTI


Reja

  1. Statistik kuzatish, uning mohiyati

  2. Kuzatishning tashkiliy shaklari

  3. Statistik kuzatish turlari, usullari

  4. Kuzatishning tashkiliy masalalari
  5. Statistik kuzatishning uslubiy masalalari



Tayanch iboralar: Statistik kuzatish, statistik hisobot, kuzatish dasturi, ob’ekti, xisob va kuzatish birligi, formulyar, instruktsiya, kuzatish joyi, vaqti, muddati, kritik fursat, joriy va yillik xisobot, boshlang’ich va yig’ma xisobot, uzluksiz kuzatish, uzlukli (fursatli) kuzatish, bir yula kuzatish, yoppasiga va qisman kuzatish, tasodifiy va muntazam xato, tashqi nazorat, mantiqiy va arifmetik nazorat.

Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni uz ichiga oladi: statistik kuzatish; kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; kuzatilayotgan vokeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish. Ijtimoiy xodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi.


Statistik kuzatishni amalga oshirayotganda bir qator shart-sharoitlarning hisobga olinishi talab qilinadi.
Statistik kuzatish dalillarni, faktlarni bir-biri bilan o’zaro bog’-lanishda va bir butunlikda qayd qilishi lozim. Ma’lumotlar to’la-to’kis bo’lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to’plamdagi birliklar makon ( mintaqa, xudud) chegarasida to’la hisobga olinish kerak.
Statistik kuzatishning to’laligi ma’lumotlarning vaqt bo’yicha qamrab olinishi bilan ham belgilanadi. Olinayotgan ma’lumotlar aniq, xaqqoniy va ishonchli bo’lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo’la olmaydi.
O’rganilayotgan xodisa va voqealarni tavsiflovchi ma’lumotlar yagona dastur va metodologiya asosida to’planishi zarur. Kuzatish natijalari o’z vaqtida operativ boshqarish uchun qo’llanishi lozim, aks holda bunday ma’lumotlar ijtimoiy bilishning kuchli quroli bo’lolmaydi.
Kuzatish dasturning metodologik masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Har qanday kuzatishni o’tkazishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinadi.






Статистик кузатишнинг ташкилий масалалари



















Куза- тиш органи

Кузатиш вақти ва муддати

Кузатиш жойи

Кадрларни танлаш ва ўқитиш

Кузатиш варақаларини кўпайтириш ва жойларга жўнатиш




Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin