Nazorat savollari:
Iqtisodiy indekslar, uning yordamida qanday masalalar yechiladi?
Bajaradigan vazifasiga qarab, iqtisodiy indekslar qanday turlari mavjud?
Tarkibidagi elementlar murakkabligiga qarab iqtisodiy indeks turlari aytib bering?
Alohida indekslarni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Agregat indekslarni hisoblash-chi?
O’rtacha indekslarni hisoblashni aytib bering?
O’zgaruvchan tarkibli indekslarni hisoblashni tushuntiring?
O’zgarmas tarkibli indekslarni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Tuzilmaviy tarkibli indekslarni hisoblash?
Agar mahsulot birligi tannarxi 2 foizga kamaysa va umumiy xarajatlar 10 foizga oshsa mahsulot fizik hajmi qanday o’zgaradi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
Holmes Alexander, Illowsky Barbara, Dean Susan. Introductory Business Statistics.OpenStax, Rice University,6100 Main Street MS-375, Houston, Texas, USA, 77005, 2018
James T. McClave, Terry Sincich. Statistics. Thirteenth edition global edition. Pearson Education Limited, Hudson Street, NY NY 10013, 2018
SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
11- MA’RUZA. MILLIY HISOBLAR TIZIMI-IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI Reja:
Milliy hisoblar tuzumi (MHT) mazmuni va uning rivojlanishi
MHTning asosiy tushunchalari va tasniflari
Tayanch iboralar: iqtisodiy hudud, iqtisodiy manfaatdorlik markazi, rezident, ichki iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, institutsional birliklar, nomoliya korporatsiyalar sektori, moliya korporatsiyalar sektori, davlat korxonalari sektori, uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori, uy xo’jaligi sektori, «tashki iqtisodiy aloqalar» (tashki dunyo) sektori, operatsiyalar, tovar va xizmatlar operatsiyasi, taqsimlash operatsiyalari, moliyaviy operatsiyalar, transfertlar, balans metodi, balans moddasi, “tarif” usuli, joriy schyotlar, jamg’arma schyoti, aktiv va passivlar balansi.
Milliy hisoblar tuzumi (MHT) haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan. Bugungi kunda MHT iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar, tasniflar va schetlar tizimidir.
Milliy schetlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’lik makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini mikdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanishni o’zaro bog’lovchi ko’rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga oshiriladi.
MHTning paydo bo’lishi va taraqqiyot bosqichlari. Milliy hisobchilikka oid nazariy va amaliy izlanishlarning boshlanishi XVII-XVIII asrlarga to’g’ri kelib, F.Kene, G.King, U.Petti, J-B.Sey kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Angliyaning siyosiy arifmetika maktabi namoyondalaridan G.King va U.Pettining asarlarida Angliya va Irlandiya bo’yicha milliy daromad ko’rsatkichiga oid hisoblar mavjud bo’lgan.
XIX-XX asrlarda MHT nazariyasi asoslarining rivoji A.Marshall, DJ.Mill kabi iqtisodichi olimlarning ilmiy ishlari bilan bog’liq bo’lgan.
Ayniqsa XX asr o’rtalariga kelib, zamonaviy MHTning kontseptual asoslarini belgilab beruvchi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlanmalar paydo bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |