«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


Qadimgi Sharq mamlakatlarida iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi



Yüklə 286,66 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü286,66 Kb.
#165689
1   2   3   4
titul (4)

Qadimgi Sharq mamlakatlarida iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi. Iqtisodiy fan manbalari avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir.Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan bog'langan ammo hozirgi paytda qo'l yozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan.Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo'lishi bilan bog`lanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatom lya(Tig va Evfrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi lV ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob ro'y berdi. Metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensif ko`p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi. Shu asosida nisbatan turg'un qo'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotin! rivojlantirishga, ko'pgina xunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfly tabaqalanishiga turtki bo'ldi. Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli Jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta soliq olish (Osiyo) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususly) beayyov ishlatish bilan (Evropa) katta boylik ortirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoll quitranikidan deyarli Z farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzul-kesil hal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan. Sharq, Jumladan O'rta Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G'arbiy Evropadagi) ayrim regionallarda halqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z mahsulotini mo'ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya).Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopatamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu- Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapl qonun to'plamlari (jami 282ta) diqqatga sazovar. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatta qishloq xo'jaligini rivojlantirishni qo'llab quvvatlash bo'lgan, ya'ni mehnatsiz daromat topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo`lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan erga xam tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to`plami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko'rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy Jipslashgan ham iqtisodiy ravnoq topdi. Qadimgi Hindistonning " Manu qonunlari "da (e.a.1U-111 asrlar) ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo`ysunush institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik "Artxashastra "dir (e.a.1V-III asrlar oralig'ida) unda qulchilikni mustaxkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Asarda "Buyumning qiymati" muammosi, qiymat miqdori, davlatning boshqarish bo`yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g`oyalar ilgari surilgan. Qadimgi indistonda yaratilgan "Veda"larda bir qancha muhim iqtisodiy g`oyalar keltirilgan. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalari Konfutsly yoki Kun-Tszi (e.a. 551-478 y y.) va boshqa iqtisodchilaming asarlarida jamlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi. Ularda mehnat tahsimoti, davlatning roli, halq boyligi va hunarmandlar mulki o`rtasidagi bog'lanish, iqtisod va qonun Zardushtivlik masalalariga bag'ishlanadi.Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, Zardushtiylik (zaroastrizm) dinning (islomgacha) muqaddas kitob bo'lgan "Avesto" (asll "Ovesta")da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonlik yuritish, ona tabiatni ezozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so`ymaslik, unga zulm qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir. Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, Hozirgi Eron, Markaziy Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan. Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning Ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi emirilib, dastlabki sinf( kasta)lar paydo bo`lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak iIk sinfly Jamlyat yuzaga kelayotgan davr bo`lgan. Aholi ko`proq yarim ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstesiv chorvachilik yetakchi edi.


Yüklə 286,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin