«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


Arab va G'arbiy Evropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g`oyalar



Yüklə 286,66 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü286,66 Kb.
#165689
1   2   3   4
titul (4)

Arab va G'arbiy Evropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g`oyalar. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari ijobiy ta'sir etdi. Qur'oni Karim va Hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun-qoidalar "hidoya" va shu kabi boshqa fikr keng o`rganildi, amalga oshirdi, natijada muhim iqtisodiy g'oyalar ilgari surildi. Mehnat, ayniqsa qishloq xo`jaligi hunarmandchilik va savdo qo'llab quvvatlandi. Isrovgarchilik, mehnatsiz daromat, ayniqsa sudxo'rlik xaram deb e'lon qilindi. Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g'oyalari nihoyatda muhimdir, u o`z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va o'shimcha mahsulot, tovarning iste'mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta'riflab beradi, ayirboshlash tamoyirini(sarflangan mehnatning yarimi) to`g`ri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovaming odamlarsha zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar pul munosabatlari, soliq tizimining halq farovonligi ta'siri asosan to'g'ri tahlil etib berilgan. G'arbiy Evropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo'lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dexqonchilik umuman qishloq xo'jaligi ustun bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda g'arbda natural xo'jalik (iste`mol qiymati ishlab chiqarish) qo'llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan. "Adolatli baho" masalasi ko'tarilgan. Bu erda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, F. Akvinskly "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligini asosida hal etdi. Protsent (foizni) oqlaydi, uni qo'llaydi va tavakkalchilik to'lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo'llaydi, uning ekpluatatorlik mohiyatini inkor etadi.Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarda ham dehqon mehnati boylikning asosi ekanligi ko'rsatiladi.Natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar pul munosabatlariga ayniqsa savdoga qarshi g'oyalar ko'p edi.

Xulosa
Dastlabki iqtisodiy g'oyalar insoniyatning paydo bo'lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha etib kelganlari e.a. 2-ming yillikka to'g'ri keladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo'jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi ko'llab- quvvatlangan, boylikning asosiy manbal mehnat deb hisoblangan Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati oʻrtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan.Feodal er egalari davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi asosly edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o'sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo'lgan krepostnoylikka o'tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab chiqarishni (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo`nalish xal qiluvchi), iste'mol qiymatlarini yaratish baribir asasiy maqsad bo'lgan va shu g'oya himoya etilgan, mexnat qurollari takomillashgan davrda bu tabiiy bir hol edi.Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamalakatlari iqtisodiyotiga Islom aqidalari faol ijodiy ta'sir etdi. Qur'oni Karim va Hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida keng o'rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g'oyalar ilgari surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi, xunarmandchilik va savdo qo'llab quvvatlandi. Isrofganchilik, mehnatsiz daromad, ayniqsa sutxo'rlik xarom deb e'lon qilindi.Tayanch ibora va tushunchalar Konfutsiylik; boylik taqsimoti; legistlar; daosizm; "Manu qonunlari"; "Artxoshastra"; "buyumning qiymati"; sudxo'rlik; "gapiruvchi qurollar"; "ekonomika"; "xrematistika"; "Buyuk ipak yo'li"; A.Temur davrida er egaligining besh ko`rinishi; A.Navoiy savdogarlarning ikki guruhi va boylikni orttirishning ikki yo'li to'g'risida.
Nazorat va mulohaza savollar
1. Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotining predmeti va metodlari qanday tartibda shakllanayapti ?
2. Qadimdi Sharq mamlakatlarida iqtisodiy gʼoyalar qay tarzda amalga oshadi ?
3. Antik dunyo davlatlaridagi ilk iqtisodiy qarashlar qanday avj olgan ?
4. Arab va gʼarbiy Yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy gʼoyalar qanday edi ?
Yüklə 286,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin