O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” kafedrasi
“________________________________________________”
FANIDAN
Mustaqil ish
Bajardi:
|
S2OT 11-21 BH va A guruh talabasi A.Davronov
|
|
|
Qabul qildi:
|
Yakubov V
|
Farg’ona-2023
Mavzu:Maxsus moliya kredit insitutlari,ularning funksiyalari va ro’li.
Reja
1 Maxsus moliya-kredit muassasalari
2 Maxsus-moliyaviy institutning asosiy turlari
3. Maxsus-moliyaviy institutning maqsad va vazifalari.
4. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi.
Maxsus moliya-kredit muassasalari
Maxsus moliya-kredit muassasalariga sug’urta kompaniyalari, lizing va faktoring bo’yicha maxsus moliya muassasalari, kredit uyushmalari, jamg’arma banklari va boshqa turdagi moliya-kredit muassasalari kiradi.
O’zbekiston Respublikasining «Sug’o’rta faoliyati to’g’risida»gi (2002 yil, 5 aprel) qonunning 3 moddasiga binoan «Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tulaydigan Sug’urta mukofatlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (Sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga Sug’urta shartnomasiga muvofiq Sug’urta tovonini (Sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini ximoya qilish tushuniladi.
Sug’urta faoliyati deganda Sug’urta bozori professional ishtirokchilarining Sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi.
Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki Sug’urta korxona va aholi mablag’larini markazlashtirish va ularni xo’jalik oborotiga jalb etishning samarali instrumenti hisoblanadi.
O’zbekistonda Sug’urta ishini shakllanishi ikki yo’nalishda, ya’ni Gosstrax tizimini takomillashuvi va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangi Sug’urta kompaniyalarini tashkil etish yo’lidan bordi. Respublikada 1993 yilda «Sug’urta to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1994 yildan «O’zbekinvest» milliy kompaniyasi tashkil etildi, xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo’yicha «Madad» Sug’urta agentligi to’zildi. Chet el investisiyalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan ximoyalash bo’yicha o’zbek-amerika «UZ-AIG» kompaniyasi to’zildi.
1997 yildan mamlakatda davlat Sug’urta tizimida islohatlarga kirishildi. Bunda O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi qoshidagi Sug’urta davlat bosh boshqarmasi zaminida «O’zagroSug’urta» davlat aksioner Sug’urta kompaniyasi to’zildi. Shu yilning o’zida «Kafolat» va O’zagroSug’urtaga Gosstrax ning shaharlardagi barcha majburiyatlari berildi.
1997 yilning fevralida «O’zbekinvest» eksport-import milliy kompaniyasiga aylantirildi (eksport shartnomalari va tijorat banklari kreditlarini Sug’urtalash bo’yicha).
Keyinroq «O’zagroSug’urta» qishloq xo’jaligini Sug’urtalash bilan, «Kafolat» - shaxar joyidagilarni Sug’urtalash bilan shug’ullangan.
Xozir respublikada 21 Sug’urta tashkiloti mavjud bo’lib, ularning 9 tasi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. 4 tasida davlat mulki mavjud. Umuman O’zbekistonda to’zilayotgan Sug’urta kompaniyalarining muassislari bo’lib banklar va boshqa Sug’urta kompaniyalari hisoblanadi. Banklar 75% Sug’urta tashkilotlari muassislari tarkibiga, 25% Sug’urta kompaniyalari muassislari tarkibida chet el investorlari hisoblanadi.
«Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga binoan Sug’urta quyidagi sohalarga bo’linadi:
- Xayotni Sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning xayoti, sog’ligi, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarni Sug’urta qilish. Bunda shartnoma bo’yicha Sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi).
- Umumiy Sug’urta (shaxsiy, mulkiy Sug’urta, javobgarlikni Sug’urta qilish, hamda hayotni Sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa Sug’urta turlari).
O’zbekiston Respublikasi Sug’urta tashkilotlarini jami ustav kapitali 2004 yilning boshiga 10,3 mlrd. so’mni tashkil etadi yoki 1997 yildagidan 2,3 barobar ko’p.
Xozirgi qonunchilikka ko’ra respublikada Sug’urta faoliyati davlat nazoratini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi olib boradi. Uning faoliyati 1999 yil fevralidan boshlangan.
Respublikamizda Sugurta bozorining rivojlanishiga kuyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
- aholining past Sug’urta madaniyati (ishonchning kamligi, axborotning kamligi)
- ko’pchilik aholining Sug’urta mahsulotlarini sotib olish uchun pulining yo’qligi.
Shaxsiy Sug’urtaning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- sog’liqni saqlash tizimini taraqqiy etmaganligi, xizmatlar bahosini yuqoriligi;
- shaxsiy Sug’urtaga pul qo’yishni rag’batlantirilmasligi.
O’zimizda hali ayrim Sug’urta mahsulotlariga o’tilgan emas. Jumladan, Yaponiyada ayollar uyda, ko’chada yoki transportda ta’qib qilinganida Sug’urta asosida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash mumkin.
Buyuk Britaniyada boy erkaklar Sug’urta kompaniyalariga bo’lajak xotinlaridan Sug’urta qilishni so’rab murojaat qilishmoqda, qaysilar nikohdan keyin sevimli xotindan uni schyotidagi pul bilan, mulki bilan qiziqadigan yomon ayolga aylanishi mumkin.
Buyuk Britaniya fuqarosi 26 yoshli Nikol Djouns chiroyli bo’lmay qolishdan o’zini Sug’urta qildirgan. Bu shartnomani u o’zining Eri Simonni tug’ilgan kuniga taqdim etgan. Buni uchun ayol Sug’urta kompaniyasiga yiliga 200 funt to’laydi. Ayoldagi o’zgarishlarni 10 kuruvchidan iborat komissiya aniqlaydi, chunki uning eri ham kuruvchi.
Amerikalik rokon-rol qo’shiqchisi Tina Terker ma’lum so’mmaga barcha tana qismlarini – ovozini 3,2 mln. $ ga, oyog’ini 3 mln. $ ga, kukragini 790 mln. $ ga va barcha a’zolarini 8 mln. $ ga Sug’urta qildirgan.
Umuman O’zbekistonda ham talabdan kelib chiqib Sug’urta mahsulotlari turini yanada rivojlantirish lozim.
Kredit kooperativlari o’zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo’jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan.
XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AŠSh, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O’zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo’lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
O’zbekistonda 2005 yilning sentyabriga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a’zolar 27 000 ni tashkil etadi.
O’zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 6,5 mlrd. so’mni, kredit portfeli 5,8 mlrd. so’mni, depozit va pay badallari 5,8 mlrd. so’mni tashkil etadi.
2005 yilning iyunida O’zbekistonda kredit uyushmalari assosiasiyasi to’zildi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to’g’risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritildi.
Lizing inglizcha ijara ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to’rtinchi asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing g’oyasiga asos solgan.
Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi.
Tarix ma’lumotlariga ko’ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo’lgan, Venesiyada rivojlangan.
Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to’g’ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o’zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o’zi ishlab chiqargan telefon apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko’rganligi to’g’risida gap yuritadi. Bunda iste’molchilar nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so’ng uning egasi bo’lish xuquqini ham qulga kiritishgan.
Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo’l vagonlarini avval ijaraga olib keyin sotib olishgan.
Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni 50 yillarida AŠSh da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States leazing corporation» dunyoga keldi.
AŠShdagi lizing bo’yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo’yicha Xalqaro Moliya korporasiyasi (XMK) ish boshladi.
Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
1995 yilda O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O’zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta’sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi.
O’zbekistonda birinchi xalqaro lizing operasiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O’zbekiston havo yo’llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan.
Respublikamizda lizing operasiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan «Lizing to’g’risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog’liq.
Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo’lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib uni to’lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.
Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo’lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |