Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 397,36 Kb.
səhifə13/27
tarix19.02.2022
ölçüsü397,36 Kb.
#52848
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish

Mehnat bozori modeli. YUqorida aytib o‘tilganidek, mehnat bozori dinamik tizim hisoblanadi. Bu tizimni tushunib olish uchun mehnat bozorining asosiy xarakteristikalarini tiklovchi fanning abstrakt modelini tuzish kerak bo‘ladi.

  1. Har bir kishining va har bir firmaning faoliyati o‘z manfaatlarini mumkin qadar qondirishga yo‘naltirilgan. Mehnat xizmatlari xaridorida foyda umumlashgan asosiy manfaat rolini bajaradi. Mehnat xizmatlarini sotuvchining manfaati esa bunday umumlashgan ko‘rinishda murakkabroq tuzilmaga ega bo‘ladi.

  2. Mehnat xizmatlarining xaridor va sotuvchilari o‘zlarida mavjud variantlar munosabatida ma’lum axborotga ega bo‘ladi va o‘zlariga foydalirog‘ini tanlab olishga qodir bo‘ladilar.

  3. Mehnat bozorida sifat jihatidan bir turli mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi. Guѐ xodimlar bir xil sifatdagi ish kuchiga ega bo‘ladi, ishchilar esa bir-biridan farq qilmaydi.

  4. Mehnat unumdorligi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi hamda ish vaqtining davomiyligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmaydi.

  5. Ishchi kuchiga sarflar qat’iy belgilangan ijtimoiy komponentlarga ega bo‘lmaydi, balki faqat ishlangan ish soatlariga muvofiq to‘lanadigan ish haqidan iborat bo‘ladi.

Baza model mukammal raqobatli mehnat bozorini nazarda tutadi. Mukammal raqobatning asosiy sharti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, o‘zaro raqobatlashuvchi katta miqdordagi xaridorlar va sotuvchilarning bo‘lishidir. Raqobat jaraѐnida mehnat sarflari va xizmatlarning narxi talab taklifga teng bo‘ladigan darajada o‘rnatiladi.

Talab taklifga teng bo‘lgandagi narx muvozanatli, narx muvozanatli daraja chegarasida o‘zgarib turadigan bozor esa muvozanatli bozor deb yuritiladi.



Mehnatga talab. Mehnatga talabning ish haqiga bog‘liqligini ko‘lam ta’siri va o‘rindoshlik ta’siri nomini olgan ikki omil belgilaydi.

  1. Ko‘lam ta’siri. Agar biror talab tufayli ish haqining o‘sishi sodir bo‘lgan bo‘lsa, buning oqibatida ishlab chiqarish chiqimlarining ko‘payishi, mahsulot narxining o‘sishi va unga talabning kamayishi yuz beradi. Talabning kamayishi ishlab chiqarish ko‘lamini qisqartirishga, demak, mehnatga talabning kamayishiga olib keladi. Ish haqi pasayganda yuqorida baѐn qilingan mexanizm aks yo‘nalishda harakat qiladi, bu esa mehnatga talabning ortishiga olib keladi.


  2. Yüklə 397,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin