Ishlab chiqarishda boshqaruv


Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash orqali yalpi taklifni oshirish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə35/37
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#42417
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Sotvoldiyev Dilmurod kurs ishi

3.2 Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash orqali yalpi taklifni oshirish

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Yugra tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining “Mening biznesim” eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 2021-yil 7-aprel kuni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Xanti-Mansi avtonom okrugi – Yugra tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi11.



Uchrashuv doirasida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • O‘zbekiston va Yugra bilan ishlashda eksport, import, bojxona reglamenti, logistika, investitsiya va boshqa imkoniyatlar;

  • Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining faoliyat yo‘nalishlari, jamg‘armaning moliyaviy yordamidan foydalanishdagi talablar va cheklovlar hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar;Xanti-Mansi avtonom okrugi-Yugra tadbirkorlari uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda O‘zbekistonda Respublikasida sheriklarni izlash imkoniyati.Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, sohada me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv so‘ngida esa ikki tomonlama hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim jamg‘arma Ijro etuvchi direktor o‘rinbosari U.A.Ismailov hamda “Mening biznesim” eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i V.L.Chebakovlar tomonidan imzolandi.

Prezident Shavlat Mirziyoyev “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi12.

Qarorga ko’ra:

1. 2021-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etiladi:

a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:



  • Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi;

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi;

  • tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim;

b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi.Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafillik va kompensatsiyalaridan foydalanish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltiriladi.Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa, shaharlarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.



4. 2021-yil 1-iyundan boshlab:

  • uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin bo’ladi;

  • uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

5. 2021-yil 1-maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytiriladi.

6. Belgilab qo‘yilsinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab:uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash;

uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.Bunda, ushbu tartib bo‘yicha garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq yoki to‘lovlar summasi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq yoki bojxona to‘lovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqqan holda soliqlar hamda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.

7. 2021 yil 1 maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirilsin.2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatilsin va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblansin.

8. Belgilansinki, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari, shu jumladan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (to‘rtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.

Xulosa

Yalpi talab – bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir. Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtachadarajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi. Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:

a) rеsurslar narxining o’zgarishi;

b) samaradorlikning o’zgarishi;

v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi.

Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, yotiq va oraliq kеsmalar. Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq

kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kеsmada esa – yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.

Shuni aytishimiz mumkinki biz iqtisodiyot kursini o’rganish bilan uning real voqelik, yani bizning atrofimizda bo’layotgan hodisalar, qaysiki iqtisodiy sohadagi, u albatta barcha sohalarga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, o’zgarishlarni tushunishimiz hamda ulardan unumli foydalanish, boshqa so’z bilan o’z ma’nfaatimiz yoki butun jamiyat manfaati yo’lida oqilona foydalanish uchun imkon beradi. Bundan tashqari talabning o’zi nima ekanligini anglaganimiz holda, uning o’zgarishida qanday omillar ro’l oynashini bilishimiz biz yaqin kelajakda

o’z xususiy sektorimizda yoki jamoat birlashmasida bunday o’zgarishlarni oldindan sezishimiz va o’z o’rnida kerakli xulosalar chiqarib eng muhim bo’lgan chora tadbirlarni amalga oshirish uchun strategik rejalar tuzish uchun juda muhim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu esa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish obektini kutilmagan iqtisodiy talofatlardan ximoyalash hamda nafaqat zarardan qochish balki o’zgarishlardan unumli va ongli ravishda foydalanish oqibatida keskin ravishda katta foydaga erishish va korxona yoki tashkilotning kelajagi uchun muhim bir qadam tashlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shundan ko’rinadiki, talab ya’ni yalpi talabning o’zgarishini kuzatish juda muhim bir jarayon ekanligini anglab yetamiz. Jamiyat ehtiyojlari o’zgaruvchanligi, bizga bu boradagi qadamlarda o’ta puxtalik bilan aniq rejali iqtisodiyot olib borishga undaydi.Bu esa har bir shaxs uchun, kerak bo’lsa jamiyat uchun foydali bo’lishini anglatadi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin