Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish;Sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni ragʻbatlantirish, tarmoqlapapo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish;Investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qoʻshilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish;Eksport qiluvchi korxonalarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo vositachilik tashkilotlarini ragʻbatlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
Davlat xaridlari tizimida xusysiy tadbirkorlik sybyektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infraryzilmasi obyektlarini oʻtkazish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobatmuhitiningqulayliginioshirish,xususiytadbirkorlikni rivojlantirish;Hududlarda aholiga kompleks xizmatlar koʻrsatadigan savdo tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xusysiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish.