Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - 2020-yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Yuqorida aytib oʻtilgan va taklif qilingan chora-tadbirlarning toʻliq bajarilishi bilan 2020-yilga moʻljallangan koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi: Yalpi ichki mahsulotning oʻsishi - 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 %), shu jumladan sanoat - 103,4 foiz (106,5 %), qishloq xoʻjaligi - 103,3 foiz (106,5%), investitsiyalar - 101,2 foiz (109,3 %); xizmatlar - 100,1 foiz (105,8 %), chakana savdo aylanmasi, umumiy ovqatlanish bilan birga - 103 foiz (105,6 %); eksport - 94,3 foiz (115,6 %)3.Ushbu hisob-kitoblar Respublikada va dunyo miqyosida karantinni qayta joriy etish ehtimolini oʻz ichiga olmaydi.