Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan.
Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga egamiz.
Dostları ilə paylaş: |