Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.
Dostları ilə paylaş: |