Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

2.1.2-jadval 
9400-"Davr xarajatlari" hisobvarag’i bo’iicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi 
 
Xo’jalik muomalalarining mazmuni 
Hisobvaraqdar 
korrespondentsiyasi
debet
kredit 
1. Mahsulotni sotish bilan bog’liq transport xarajatlarning aks ettirilishi 
9410 
6990 
2. Reklama va marketing xarajatlarining aks ettirilishi 
9410 
6990 
3. Boshqaruv xodimlariga ish xaqi hisoblanishi 
9420 
6710 
4. Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi 
9420 
0210-0299 
5. Umumma’muriy foydalanish uchun materiallar sarflanishi 
9420 
1010-1090 
6. Auditorlik xizmatiga to’lovlarning aks ettirilishi 
9420 
6990 
7. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo’yicha 
zararning aks ettirilishi 
9430 
9210 
8. Soliq organlarining qaroriga binoan jarima hisoblanilishi 
9430 
6410 
9. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga 
o’tkazilishi 
9900 
9400 
 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi 
"Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom"ga bin-an moliyaviy faoliyatdan olinadigan 
daromadlarga quyidagilar kiradi: 
♦olingan royaltilar va sarmoya transferti; 
♦O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar 
bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli 
qogozlar bo’yicha daromadlar; 
♦mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish); 
♦valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo’yicha ijobiy 
kurs tafovutlari; 
♦sarflangan (qimmatli qogozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni 
qayta baholashdan olingan daromadlar. 


22 
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga 
kiritilmaydi. 
Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi "Aso-siy xo’jalik faoliyatidan olinadigan 
daromadlar" nom-i 2-son BHMA, "Lizing hisobi" nomli 6-son BHMA, "Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi" nomdi 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi. 
Moliyaviy faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi hisobvaraqdar 
ochilishi mumkin: 
9510—"Royaltidan olingan daromadlar"; 
9520—"Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar"; 
9530—"Foiz ko’rinishidagi daromadlar"; 
9540—"Kurs farqldaridan olingan daromadlar" ; 
9550—"Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar"; 
9560—"Qimmatli qogozlarni qayta baqolashdan daromadlar"; 
9590—"Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar". 
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo’lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida 
tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishi, debet oborotida esa ularning 
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 
9510—"Royaltidan olingan daromadlar" hisobvarag’ida royalti va kapital transferti 
bo’yicha olingan daromadlar aks ettiriladi. 
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4850—"Royalti bo’yicha olishga tegishli schyotlar"; 
K-t 9510—"Royaltidan olingan daromadlar". 
9520—"Dividendlar 
ko’rinishidagi 
daromadlar" 
hisobvarag’ida 
O’zbekiston 
Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qushish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida 
qatnashishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo’yicha dividendlar aks ettiriladi. 
Dividendlar bo’yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4840—"Olinadigan dividendlar"; 
K-t 9520—"Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar". 
9530—"Foizlar ko’rinishidagi daromadlar" hisobvarag’ida uzoq va qisqa muddatli 
investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Foizlar hisob-langanida quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 4830—"Olinadigan foizlar"; 
K-t 9530—"Foizlar ko’rinishidagi daromadlar". 
9540—"Kurs farqlaridan olingan daromadlar" hisobvarag’ida valyuta schyotlari, 
shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqparidan olingan daromadlar 
aks ettiriladi. 
9550—"Moliyalanadigan lizingdan daromadlar" hisobvarag’ida mulkni uzoq muddatli 
ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi. 
Moliyalanadigan lizing bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 6230—"Muddati uzaytirilgan daromad" — joriy qismi; 
K-t 9550—"Moliyalanadigan lizingdan daromadlar"; 
Moliyaviy lizing bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad 
summasiga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 7290—"Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar"; 
K-t 9550—"Moliyalanadigan lizingdan daromadlar". 


23 
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qogozlarning nominal 
qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 0610, 5810; 
K-t 9590—"Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar". 
9590—hisobvaraqda moliyaviy faoliyatning boshqa turlaridan olingan foyda aks ettiriladi. 
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-hisobvaraqlarning kredit 
oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin