26
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlarini ichki
va tashki bozorda sotish xajmini kengaytirish maqsadida texnologiya
jarayonlarini hamda xom ashyo,
materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini makbullashtirish, quvvatlardan foydalanish
darajasini kupaytirish va
mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va kushimcha sarf xarajatlarni
qisqartirish, xarid kilinadigan xom ashyo materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish,
xodimlar hisobini makbullashtirish hisobiga sanoat mahsulotlari tannarxini
kamaytirishga yunaltirilgan
kompleks chora tadbirlar ishlab chiqildi hamda xo’jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab
chiqarish tannarxini qisqartirishning Yig’ma parametrlari tasdiqlandi. Mazkur tasdiqlangan yig’ma
parametrlarga muvofik, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish darajasi respublika bo’yicha o’rtacha
20,58% qilib belgilandi.
Umuman olganda bu ko’rsatkichlarning har biri shu yillar davomida usish tendentsiyasiga ega.
Faqatgina amortizatsiya xarajatlari to’g’ri chizikli usulda hisobga olib borilganligi uchun uncha katta
uzgarish bulmagan. Bunda asosiy vositalarni qayta baholash hamda yangi ishlab chiqarish uchun asosiy
vositalar olinganligi hisobiga shu yilda unga nisbatan hisoblangan amartizatsiya summasi xam oshishi
kuzatilgan. Jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish belgilangan
tartibda olib borilib,
mahsulot sotish xajmini oshirishga erishilgan. Buni ijobiy baholashimiz mumkin. Chunki mahsulot
ishlab chiqarish va sotish xajmining oshishi, mahsulot tannarxini
oshirish hisobiga emas balki,
mahsulot tannarxini kamaytirib, uning sonini oshirishga erishilgan. Buning natijasida korxonada
oxirgi yillarda korxona
faoliyati samaradorligi oshgan, mehnat unumdorligi oshgan va asosiy
vositalar yanada yangilangan. Korxonaning bunday faoliyatini ijobiy faoliyat yuritilayotgan deb baho
berishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: