Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

Texnologiya

korxona faoliyatida texnologiyalar qanchalik zamonaviy, yangi bo’lsa, mahsulot 
unumdorligiga erishilib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shuncha kamayadi. Texnologiya, asbob-
uskunalar yaxshi bo’lmagan ishlab chiqarish jarayonida, samaradorlik past bo’lib, mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxi oshadi. 
Joylashgan joyi - 
korxonaga moddiy va mehnat resurslari sotib olish bozori hamda ishlab 
chiqargan mahsulotini sotish bozori qancha yakin bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari transport 
xarajatlari evaziga kamayib, mahsulot tannarxi shuncha kamayib, sotish bahosi xam shuncha arzon 
bo’ladi. Korxona bunday bozorlardan qanchalik uzok, bo’lsa, mahsulot tannarxi shuncha oshadi. 
Sotish xarajatlari - 
sotish xarajatlari mahsulot sotish bilan bog’liq, barcha xarajatlar bo’lib, bu 
xarajatlar qancha ko’p bo’lsa, bu mahsulot sotish bahosini oshirishga sabab bo’ladi. 
Mahsulot tannarxi korxona moliya xo’jalik faoliyatini hamma tomonlarini aks ettiruvchi 
ko’rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri hisobga olish va mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilish hamda tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda korxonada ishlab
chiqariladigan mahsulotning bir so’mlik qiymatiga qancha xarajat to’g’ri kelishini aniqlash 
muhimdir. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili 
Qarshi tuman Qurbonov Elyor Qurbonovich fermer xo’jaligi Qarshi
tuman xokimining qarori 
bilan korxona nizomi tasdiqlanib yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olingan. 
Qarshi tuman Qurbonov Elyor Qurbonovich fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan yer 
uchastkasidan unumli foydalanish tuman xokimi bilan ijaraga olish shartnomasining shartlariga 
va O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” va “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi
qonunlarga amal qilish yer uchastkasiga bo’lgan xuquqning davlat ro’yxatiga 
olinganligito’g’risidagi guvoxnomani olish, ijaraga berilgan yer uchastkasidan ruxsatsiz 
qurilishlar qo’rmaslik, rejada belgilangan paxta, g’alla ekinlarini to’liq maydonlarda eqilishini 
taminlash qishloq infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlariga hissa qo’shish hamda bajarilgan 
ishlar bo’yicha tuman statistika bo’limi va soliq inspektsiyasiga o’z vaqtida hisobot berish 
vazifalari yuklatildi. Jamiyatda doimiy 8 nafar ishchi kuchi mavjud bo’lib xar bir ishchi 
kuchiga 16 gektar yer maydoni to’g’ri keladi. Mavsumiy ishchilar esa 25-30 kishini tashkil etadi.
Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, 
xavfsizligini taminlash, madaniy marifiy tadbirlarga, obodonlashtirish ishlariga qatnashish va 
yerdan to’g’ri foydalanish agrotexnik tadbirlarni to’g’ri amalga oshirish, mehnat unumdorligini 
oshirish jamiyat azolarning burchi hisoblanadi. Fermer xo’jaligi dehqonchilik mahsulotlaridan 
don va paxta mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Fermer xo’jaligida dehqonchilik 
tarmoqlarini rivojlantirish albatta yer fondi uning tarkibi bilan bevosita bog’liq.


28 
Demak shunday ekan Qarshi tuman Qurbonov Elyor Qurbonovich fermer xo’jaligining 
umumiy yer maydoni va uning taqsimlanish ko’rsatkichlari bilan tanishadigan bo’lsak u 
quyidagi jadvalda aks ettirilgan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin