Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo’llari
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iktisodiyotida ishlab chiqarish
usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining tuxtovsiz usishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy
darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish, xo’jalik yuritish
usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormokda, chunki uni
pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab
chikdrilayotgan mahsulotning tannarxini 1%ga kamaytirish evaziga korxona ancha miqdorda moliyaviy
resurslarini iktisod qilishga erishadi. Bu xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb
masalalrdan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz. Ishlab chiqarish
xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi.
Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring
kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok, foydalanish,
buyumlarni tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jihozlarni zamonaviylashtirish hamda qo’llanilayotgan texnikadan foydalanishni
hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va
progressiv texnologiya asosida utgan va jonli mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda
buyumlashgan utgan mehnatni tejash xuddi shu miqdordagi xom-ashyo va materiallardan kuprok mahsulot
ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini
beradi, ya’ni xar bir ishchiga hisoblanganda ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga
fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilgor texnologiya ishlab chiqarishni
boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta ahamiyatga
eta. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish
chiqindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ro’y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish
fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish haqi fondini ratsional sarflash sex va umumzavod
xarajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir
ko’rsatadi.
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi.
Korxonaning xom-ashyo material, yokilgi va energiya yetkazib berishning uzilib krlishi ishlab
chiqarish ritmini buzishga bekor turib qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va okibat natijada
unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotiga haddan tashqari normativdan ortiqcha
zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib ketganda oborot mablag’lari oshib
ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mehnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir
ko’rsatadi. har kanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib,
maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va
avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish
kerak.
Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Hisob olib borish yoqilgi va
energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni
kamaytirish va korxona jamg’armasini oshirish ikonini beradi. Kollektivning kuchini yetishtiri
ladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni
39
to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha xarajatlarning
sababini ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimiy tahlil qilib turish kerak. Ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun
korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirshiuchun muhim ahamiyatga ega. Lekin tahlil fakdtgina
tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga kuyilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish
xarajatlarini yanada kamaytirish uchun taxlikiy va texnikaviy harakatlarni ham kurishi kerak.
Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil qilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning
muhim yo’lidir.
Xarajatlar korxonaga bog’liq bulmagan omillarga qarab uzgaradi. Masalan; resurs narxi xar xil
xizmat xakkining tebranishi korxona xoxishidan kat’iy nazar xarajatlarni uzgartiradi. Korxonada
ishlab chiqarish kulami kengaysa, resurslar sarfi kiskdradi, chunki ular kamrok isrof etiladi. Resurslarni
tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin kiskdradi. Urtacha xarajatlar mehnat unumliga
nisbatan teskari mutanosiblikda uzgaradi. Mehnatni unumigning ortishi xam moddiy xam mehnat
sarfini kiskdrtiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit mehnat unumdorligi xarajatlari
pasaytirish orkali foydani kupaytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo’lib
xizmat kiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin
xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yunalishlaridan biri bu fan texnika taraqqiyotining
yutuklaridan oqilona foydalanishga erishishdir. Fan texnika taravdyoti yutuklaridan foydalanish
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom-ashyo materiallaridan yoqilg’i resurslaridan yanada
to’laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina,
dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan texnika taraqqiyotining 20–asr ikkinchi
yarmidagi o’ziga xos jihati printsipal yangi texnologik usulga utilishi bilan xarakterlanadi. Uning
mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iktisodiy samaradorligida
emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir.
Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning
takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yo’qotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni
pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini
oshishiga olib keladi.
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim ehtiyojlarini kondirishga qaratilgan
mahsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy o’lchov darajsiga ega bo’ladi.
Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan
hosil bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izohlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng
yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izohlash
K
iyin emas. Har bir iste’mol qilinayotgan
yangi tovar uo’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi har bir iste’mol qilinayotgan
ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga nisbatan past bo’ladi.
Demak, bir ulchovga to’g’ri keluvchi kushimcha ne’matlar hosil qilish samarasi oldingi boskichda
olingan natijalardan pastrok bo’ladi.
Iktisodiy samaradorlik bir necha iktisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish
samaradorligi bir qancha juz’iy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy
ko’rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot miqdorining jonli mehnat sarfiga nisbatan
ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi kunlarda soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat
sigimi degan samaradorlik ko’rsatgichi hxam qo’llanadi. Mehnat sig’imi jonli mehnatni mahsulot
40
miqdoriga nisbatan orqali aniqlanadi. Mahsulotning material sig’imi degan iqtisodiy ko’rsatgich ham
bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmokda.
Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini mahsulot miqdori ga nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab
chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sig’imi yoki fondlar kaytimi ko’rsatgichlari orqali
o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki juz’iy ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida
bu nisbatlarda mahsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki
mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi
kategoriyalar qo’llaniladi.
Bozor iqktisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi sharoitida
samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi davrda ko’pgina resurslar
chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar
malakasi yuqori emas. Shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish
milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash
kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi.
Lekin oxirgi yillarda mamlakatimizda mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturi asosida
kilingan ishlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 18 foizga tushirishga erishildi. Bu jaxon
moliyaviy- iktisodiy inkirozi kechayotgan bir paytda juda katga natijadir. Bunday ishlar albatga korxonalar
barkdrorligini yanada oshiradi. Chunki ishlab chiqarish tannarxi pasaytirilsa, mahsulot sotish bahosi xam
nisbatan pasaytirilishi mumkin, bu esa bunday sharoitda mamlakatimizdagi iste’molchilari uchun ayni
muddao bo’ladi.
Inkirozga karshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yo’nalishlardan biri -
mamlakatimizdagi mahsulot eksport kiladigan korxonalarni xar tomonlama kullab-kuvvatlash va
ragbatlantirish, eksport saloxiyatini mustahkamlash bo’ldi. Bu esa bunday korxonalar yanada barkdror
ishlashida muhim ahamiyat kasb etdi. Buning uchun korxonalarning tashki bozorlarda rakrbatdoshligini
oshirish uchun ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida qat’iy choralar ko’rildi.
Energiya manbalari va kommunal xizmatlar narxlarining asossiz oshishiga yo’l qo’ymaslik,
korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish hisobidan mahsulot tannarxini pasaytirish,
eksport narxlarini shakllantirishga doir yangi mexanizmlarni joriy etish, bank kafolatlari muddatlarini
uzaytirish, qo’shilgan qiymat solig’ini qaytarish muddatini qisqartirish va boshqa rag’batlantirish choralari
shular jumlasidandir.
Demak mamlakatimizda bozor raqobati sharotidan kelib chiqib, korxonalarda mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibi o’rganilib, mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarni asossiz
oshirilishiga yo’l qo’yilmagan. Bu esa korxonalarning moliyaviy holati yanada yaxshilanishiga
to’rtki bo’lgan.
Mamlakatimizda moliyaviy inkiroz sharoitida korxonalarni turli qo’llab quvvatlash maksadida,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda imtiyozli kreditlar berilishi ham muhim ahamiyatga
egadir. Ya’ni mahsulot eksport kiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan imtiyozli
kreditlar berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga yordam berdi. Ma’lumki eksport
kiluvchi korxonalar mahsulot eksport kilganda, har doim ham ishlab chiqarish bir xil boravermaydi.
Chunki bunday sharoitda sotilgan mahsulot puli o’z vaqtida kelib tushmasligi yoki ishlab chiqarilgan
mahsulotga talab oshishi yoki bo’lmasa ko’prok, mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika-
texnologiyalarning yetishmasligi natijasida korxonlarda vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish to’xtab
qolishi yoki belgilangan miqdorni ishlab chiqarishga ulgurmasligi mumkin. Bunda banklarning imtiyozli
kredilar berilishi korxonalar uchun juda katta yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi,
bu degani birinchidan mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar rentabelligi oshadi. Bu
ikkita ko’rsatkichlar ham bevosita korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi o’zgarmas
xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida esa korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi.
41
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida
ularning barqaror ishlashini ta’minlashga joriy yilda eksport xajmini oshirishga erishdik. Bu esa
mamlakatimizda korxonalar iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan keyinchalik xorijiy davlatlarning
mamalakatimiz bilan turli yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ishlar qilishiga zamin yaratadi.
Hozirgi bozor sharoitida respublikamiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni
yanada takomillashtirish va kam vaqt va mablag’ sarflab yuqori hajmda mahsulot ishlab
chiqarish eng asosiy masalalardan biridir. Shunday ekan, bitiruv malakaviy ishining obe’kti
sifatida tanlangan Qarshi tuman Qurbonov Elyor Qurbonovich fermer xo’jaligi faoliyatini
o’rganish natijasida fermer xo’jaligida qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini
yanada oshirish mehnat unumdorligini muntazam oshirib borish uchun quyidagi ishlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
- moliyaviy inqiroz sharoitida ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni kiritish
va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish;
- moliyaviy inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni texnik texnologik qayta jihozlash va
modernizatsiyalashtirish lozim;
-ishlab chiqarishda mini texnologiyalarni ko’plab kiritish uchun davlat tomonidan
moliyalashtirish masalalarida qo’llab-quvvatlash;
- ishlab chiqarishga ishtirok etayotgan ishchi va xizmatchilarni moddiy manfaatdorligini
oshirish va ularni muntazam rag’batlantirib borish mexanizimini shakillnatirish kabi chora
tadbirlarni amlaga oshirish ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga ijobiy xizmat
qiladi.
- tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo’shimcha ish joylarini tashkil etish;
- tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika ta’minotini
yuksaltirish;
-qishloq xo’jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq
etish;
-qishloqda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
- qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
- mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
- kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy rag’batlantirishni
takomillashtirish;
- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish;
- qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish, ximiyalashtirish,
meloratsiyalash va elektrlashtirish;
- qishloq xo’jaligida almashlab ekishni keng joriy qilish;
- mehnat munosabatlari mavqeni yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
orqali oshirish kerak. Mehnat unumdorligini oshirishda mehnat rag’batlantirishning kuchli
mexanizmini joriy etish lozim;
- qishloq joylarida ishchi kuchiga bo’lgan talabni shakllantirish va yangi ish o’rinlarini
yaratishda yakka tartibdagi tadbirkorlikka e’tiborni yanada oshirish lozim, shu jumladan, har bir
hududning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan olib dehqon xo’jaligi, kasanachilik va xizmat
ko’rsatish sohalarini yanada rivojlantirish kerak;
- qishloq joylarida aholining mehnat taklifi va ish o’rinlari o’rtasida sifat jihatdan
muvozanatga erishish zarur. Bu maqsadga erishishda mehnat birjalari tomonidan Davlat
dasturlari asosida agrar sektordan bo’shatilayotgan mehnat resurslarini iqtisodiyot talablariga
muvofiqlashtirish va ularni qayta o’qitilishi maqsadga muvofiq;
42
- erkin mehnat munosabatlarini tashkil qilish va mehnat unumdorligini oshirishda ish
beruvchi va ishga yollanuvchi manfaatlarini muvofiqlashtirishda kasaba uyushmalar faolligini
oshirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |