Tаyanch ibоrаlаr: buxgalteriya balansi uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar, buxgalteriya balansining turlari: kirish (yoki ta’sis ) balansi; boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish balansi, ma’lumotlarni jamlashiga kо‘ra: yig‘ma balans, alohida balans. 2.1. “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati. Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik
yurituvchi subektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor
qiladi(15-sonli BHMS).
Xo‘jalik yurituvchi subektlar mablag‘lari doimo ishlab chiqarish jarayonida harakatda bo‘lib,
davrlar bo‘yicha miqdor va qiymat jihatdan o‘zgarib boradi. Ularning xo‘jalik faoliyati ustidan
rahbarlik qilish va boshqarish uchun subyekt qanday mablag‘larga ega, ularning tarkibi va qayerda
joylashganligi hamda bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil topganligi to‘g‘risida aniq
ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi
o‘zgarishlarni bir– biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o‘lchovida umumlashtirib aks ettirish
buxgalteriya balansi yordamida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya balansida subyektning xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari
umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga (banklarda) yoki hisobot oyidan keyingi oyning birinchi
kuniga pul o‘lchovida tuziladi.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi
matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.
Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma’lum bir davrning boshida
aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‘ich holatini bilishdan boshlanib, shu
32
davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli
bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha