34
Joriy majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida
bo‘linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik
jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan
daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar,
boshqa
muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetdan soliqlarga
oid qarzlar,
sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan
qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar,
uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor
qilinadi.
Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‘zi
na faqat
tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi xujjati sifatida
ham talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. BXMSga ko‘ra
buxgalteriya balansi qo‘yidagi shaklda tuziladi.
Dostları ilə paylaş: