Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318
hisob siyosati

AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI
– jamiyat sarmoyasi ishtirokchisiga jamiyat 
umumiy yig‘ilishi va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarni qabul qilish yoki uni 
bekor qilish borasidagi so‘zsiz xuquqning ta’minlanishini o‘zida namoyon qiladi
.
 
Boshqacha 
aytganda, bir mulkdorning aksiyadorlik jamiyati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi qo‘lida 
jamlangan aksiyalar ulushi tushuniladi. 
ASOSIY VOSITALAR 
Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, 
uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish 
sohasida ham, noishlab chiqarish soxasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish 
uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
"Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda 
baholanadi: 
-Dastlabki qiymat; 
-Sotish qiymati; 
-Tugatish qiymati; 
-Qoldiq qiymati; 
-O‘rnini qoplash qiymati. 
Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda qaqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni 
barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. 
Sotish qiymati
 
asosiy vositalarni bitim 
paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir. 
Tugatilish qiymati
 
chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda 
aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin 
qilinayotgan qiymatidir. 


401 
Qoldiq qiymati
 
aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizasiyani 
chiqarib tashlangan hodda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir. 
O‘rnini qoplash qiymati
 
korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni 
mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. 
ASOSIY XODIMLAR
- qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni 
egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-
quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, 
taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, 
ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin