HUJJATLARNI UNIFIKASIYALASHTIRISH deganda
bir
xil
mazmundagi
operasiyalarni barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan
rasmiylashtirilishi tushuniladi.
HUJJATLARNI STANDARTLASHTIRISH deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun
yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi tushuniladi.
HUJJATLAR AYLANISHI deganda ularning tuzilishidan tortib, to arxivga
topshrilishigacha bo‘lgan jarayonlar hamda operasiyalar majmuasi tushuniladi.
IKKI YOQLAMA YOZUV – bu xo‘jalik muomalalarini schyotlarda aks ettirish usulidir.
Bunda yuqorida ta’rif qilinganidek, har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda va bir xil summada, bir
schyotning debet tomonida, ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin,
ikki yoqlama yozuv deb , xo‘jalik muomalalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy xodisalarni
schyotlar tizimi bilan o‘zaro alokador holda aks ettirish usuliga aytiladi.
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyot hamda muomala summasining ko‘rsatilishi
buxgalteriya o‘tkazmasi yoki
buxgalteriya yozuvi deb ataladi.
Xo‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozuv usulida yozish schyotlarning o‘zaro
bog‘liqligiga olib keladi. Bu o‘zaro bog‘liqlik
schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi) deb
ataladi. Bizning misolimizda korrespondensiyalanuvchi schyotlar kassa va hisob-kitob
schyotlaridir.
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy buxgalteriya o‘tkazmasi (buxgalteriya o‘tkazmasi) deb, bir schyotning debetlanib, boshqa schyotning kreditlanishiga
aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deganda bir nechta schyot debetlanib,
bitta schyotning kreditlanishi tushuniladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta schyotning debetlanib
va bir nechta schyotning kreditlanish hollari ro‘y bermaydi.
Buxgalteriya hisobida muomalalar muntazam yozib boriladi.