Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   318
hisob siyosati

HISOBLANGAN BOSQICH –
TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig’i. 
HISOBLANGAN KOEFFITSIYENT – 
TMZ quyilgan kapital summasining o’zgarishi 
natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash maqsadida 
guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil o’sishini ta’minlash 
uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko’rsatkich. 
HISOB-KITOB CHEKI-
hisobvaraq egasi (chek beruvchi-ushlovchi)ning hisobvarag‘iga 
o‘tkazish to‘g‘risida bankning maxsus blankida tuzilib, bankka yozma ravishda bergan 
topshiriqdir. 
Hisob-kitob cheklari, nafaqat xo‘jalik yurituvchi subektlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi 
subektlar bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitob qilishda qo‘llaniladi. 
HUJJATLASHTIRISH – 
bu xo‘jalik operasiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish usuli. 
HUJJAT – 
bu ho‘jalik operasiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki 
ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. 
HISOB-KITOBDAGI 
MABLAG‘LAR
– bu bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzini aks ettiradi. 
Maqsadiga ko‘ra
 
buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi, farmoyish 
va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Guvohlik beruvchi hujjatlar
 
deganda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik 
operasiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi. 
Farmoyish beruvchi hujjatlar
deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga oshirishga 
farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizasiya o‘tqazish to‘g‘risida 
farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar. 
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar
deganda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik 
operasiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida
haqiqatda yuz bergan xo‘jalik operasiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, 
kassa chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun tuzilgan rahbariyatning 
farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda kimgadir berilganligi to‘g‘risida 
guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi.
Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar
 
deganda bevosita yuz bergan xo‘jalik 
operasiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter 
tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob-
kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizasiyani aniqlash hisob-kitoblarini 
keltirish mumkin. 
Tuzish tartibiga ko‘ra
 
buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar boshlang‘ich va yig‘ma 
hujjatlarga bo‘linadi. 
Boshlang‘ich hujjatlar
deb xo‘jalik operasiyasi sodir bo‘lgan vaqtda tuzilgan hujjatlar 
tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi. 
Yig‘ma hujjatlar 
deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning 
ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga 
moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar 
kiradi. 
Aks ettirish usullariga ko‘ra
buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko‘p 
marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi. 


408 
Bir marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
deganda faqat bitta 
operasiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi hujjatlar tushuniladi, masalan, pulni kassaga 
kirim qilganda tuzilgan kirim kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan schyot- faktura va shu 
kabi hujjatlar. 
Ko‘p marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
deganda bir xil 
mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik operasiyalarni ma’lum bir davrda (masalan 
xafta , o‘n kunlik, bir oy ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tushuniladi. 
Tuzilgan joyiga ko‘ra
hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. 
Ichki hujjatlar
deb korxonaning o‘zida tuzilgan, 
tashqi hujjatlar
deb esa korxonaga chetdan 
kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot-
faktura ichki, materiallarni ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa 
tashqi hujjat hisoblanadi. 
Tuzish usullariga ko‘ra
buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuterlarda tuzilgan 
hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‘ra 
unifikasiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin