Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Ustav kapitalini shakllantirish va uning o‘zgarishini hisobga olish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   318
hisob siyosati

 
16.2. Ustav kapitalini shakllantirish va uning o‘zgarishini hisobga olish. 
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z faoliyatlarini 
amalga oshirib kelmoqsa. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, 
ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo‘shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar 
kiradi. 
Davlat korxonasining ustav kapitali 
- davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga 
tekingd berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va 
aylanma mablag‘lar shakllanadi. 
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat 
ko‘rsatish obyektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ 
yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil 
amalga oshiradi. 
Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan 
miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning 
korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrugi ta’sis 
hujjati hisoblanadi. 
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav 
kapitali miqso-rini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 
uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining 
nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir 
xil bo‘lishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. 
Ustav kapitalini ko‘paytirish qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga 
oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo’shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida 
belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni 
ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi 
aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan, jamiyatning o‘zi 
haqini keyinchalik to‘lash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi. 
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul 
bilan baho lanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun 
kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o‘zga huquqlarni to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis 


333 
etilayetganda uning aksiyalari pulini to‘lash shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi 
shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogozlar pulini 
to‘lash ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi. 
Aksiyador ta’sis yig‘ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan 
o‘tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak. Aksiyalarni 
sotib olish muddati o‘tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga 
haqli. 
Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan jamiyat 
mas’uliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo‘lingan hissalar 
miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat 
o‘z mulki doirasida javob beradi. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari 
hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa 
qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. 
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin bir yil 
davomida to‘lashi lozim. 
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. 
Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual 
mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el 
valyutasi berilishi mumkin. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin