328
korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish boyicha boshqa
xarajatlar.
Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o’ralgan
hollarda,
idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.
Agar qadoqlash sexlarda mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan bo’lsa,
idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom binoan bu xarajatlar
9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olinadi
13[32]
. Bu schyot tranzit bo’lib
aktiv
schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo’lmaydi; debet aylanmasi mahsulotni jo’natish
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa hisobot oyida foydani
kamaytirishga o’tkazilgan summalarni ko’rsatadi. 9410- schyoti boyicha ochilgan schyotlarning
analitik hisobi debet va kredit oborotlari boyicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi
xarajat summalarini moddalari boyicha ko’rsatgan holda 15-
qaydnomada yuritiladi Bu, o’z
navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi. Bu
schyotlarning debet oborot summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks ettiriladi,
kredit
oborot summalari esa – 11- jurnal – orderda. Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to’liq
summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o’tkaziladi: Dt 9910 «Yakuniy moliyaviy
natija», Kt 9410- «Sotish xarajatlari» schyoti.
Quyida sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish chizmasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: