325
miqdori va sifati, narxi, hisoblashish shakllari ko’rsatilgan bo’lib buyurtmachi va mol
yuboruvchilar bilan kelishib olinadi.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan sanada sotildi deb
hisoblanadi (kassa usuli) yoki Yuklab jo’natilgan, topshirilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar,
xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan sanada sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli).
Ikkala usulda ham sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan
daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar
ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarilishi va
xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi» va 9050
«Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu
schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda)
gi sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bir xil summada aks ettiriladi.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat) lar
sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot
(ish va xizmat) lar boyicha hisoblangan aksiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki
quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida
aks ettiriladi:
Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo’natilgan mahsulotlar
uchun, aksiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.
Kt 6410 «Budjetga to’lovlar boyicha qarz (turlari boyicha)» hisoblangan aksiz soliђi va
QQS summasiga.
Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan tushadigan sof
tushumga.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.
Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (Yuklab jo’natish), ish va xizmatlarni
bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan
mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot
oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa
hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan summani ko’rsatadi. Quyida mahsulot sotish
operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: