327
ega. Buning uchun barcha schyotlar boyicha oy oxiriga to’lanmagan sotish qiymatidagi summani
foiz nisbatiga ko’paytiriladi. Koxonada haqiqiy tannarx boyicha qoldiq 90692 so’mga teng
(110600 x 82,0 : 100).
11 - jurnal–orderning analitik ma’lumotlari boyicha foyda summasiga buxgalteriyada 15 -
jurnal–orderga
yozish
uchun
quyidagi
korrespondentlanuvchi
schyotlarni
ko’rsatib
ma’lumotnoma tuzadi: Dt 9010, 9020, 9030- schyotlar, Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
schyoti.
Xaridorga mahsulot Yuklab jo’natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining eng kamida
15 % bo’nak to’lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.
12[31]
Olingan bo’naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo’naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki
bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar boyicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan
qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarni to’lash boyicha olib boriladigan hisob – kitoblar
to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo’naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo’lgan ishlar va xizmatlar uchun
olingan to’lanmalar, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210) ning debeti
va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks
ettiriladi.
To’la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi
(buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo’nak summalari va
qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlar boyicha olingan to’lanmalar 6310-schyotning debetida
va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotining kreditida aks
ettiriladi. 6310 - schyot boyicha analitik hisob har bir kreditor boyicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: