Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


 Rezerv kapitalini hisobga olish va ishlatish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   318
hisob siyosati

16.4. Rezerv kapitalini hisobga olish va ishlatish. 
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori 
jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Rezerv kapitali 
har yili sof 
foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha 
tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun 
dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. 
Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda 
yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv 
hisobi uchun mo‘ljallangan. 
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 
8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"; 
8520-"Rezerv kapitali"; 
8530-"Tekinga olingan mol-mulk". 
8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" hisobvarag‘i qayta baholash 
natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi. 
Misol. 
Transport vositasining boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mga, eskirish qiymati 
200000 so‘mga teng. 3 koeffisiyent bilan qayta baholash natijasida transport vositasining 
boshlangich qiymati 1500000 so‘m (500000x3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 
600000 so‘m (200000x3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlangich qiymati o‘rtasidagi 
farq 1000000 so‘m (1500000-500000)ga eskirish qiymati o‘rtasidagi farq 400000 so‘m (600000-
200000)ga teng. 
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 0160-"Transport vositalari" -1000000 so‘m; 
Kt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yncha tuzatishlar"- 1000000 so‘m; 
Dt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" - 400000 so‘m; 
Kt 0260-"Transport vositalarining eskirishi" - 400000 so‘m. 


340 
Asosiy vositalar kabi qimmatli qogozlar ham qayta baholanadi. 
Misol. 
Korxonada balans qiymati 80000 so‘mlyak qimmatli qogoz bor. Ularning hisobot 
davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng bo‘lgan. 
Agar korxona o‘z investisiyalarini qayta baholangan qiymat bo‘yicha hisobga olsa, u holda 
qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapital hisobvaraqlarida aks ettiriladi: 
Dt 0610-"Qimmatli qogozlar" -5000 so‘m; 
Kt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m. 
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qogozlarning bozor qiymati kamaysa, unda 
mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv kapitalini 
kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan 
rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi. 
Misol. 
Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati 78000 so‘mga tushib ketgan, ya’ni 7000 so‘mga 
kamaygan: 
Dt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m; 
Dt 9690-"Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" -2000 so‘m; 
Kt 0610-"Qimmatli qogozlar" -7000 so‘m. 
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan 
ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi: 
Dt 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)"; 
Kt 8520-"Rezerv kapital". 
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend 
to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. 
Masalan, 
hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar 
to‘landi: 
Dt 8520-"Rszerv kapital"; 
Kt 6610-"To‘lov uchun dividendlar". 
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan chiqarildi: 
Dt 8520-"Rezerv kapital"; 
Kt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar". 
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun rezerv fondi boshqa 
mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin. 
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi: 
Dt 0110-0190-"Asosiy vositalar"; 
Dt 0410-0490-"Nomoddiy aktivlar"; 
Dt 0610-"Qimmatli qog‘ozlar"; 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar"; 


341 
Kt 8530-"Beg‘araz olingan mol-mulk". 
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini 
oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida 
aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin