Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


 Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318
hisob siyosati

 
16.5. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hollarda aksiyalarning nominal yoki bozor bahosini 
ushlab turish yoki iqtisodiy obruga putur yetkazmaslik uchun subyektlar ilgari sotilgan oddiy va 
imtiyozli aksiyalarni emitent (aksiyadorlik jamiyati) tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki 
hisobdan chiqarish (bekor qilish) maqsadida sotib olishi mumkin. Ushbu sotib olingan o‘z 
aksiyalarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi: 
8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" 
8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarida yuritiladi. 
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar va 
shunga o‘xshaganlar) 8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan 
o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlaridan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul 
qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun ustav 
kapitaliga qo‘ygan ulushini hisobga olish uchun qo‘llanadilar. 
O‘zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8510- "Ustav kapitali"ni 
hisobga oluvchi schyotlarga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib aksiyadorlar jamiyatining 
aksiyadorlik kapitalining kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav kapitali 
summasidan chegiriladigan summa hisoblanadi. 
Sotib olingan o‘zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha hech qanday huquqga 
ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish va subyektni tugatish vaqtida aksiyadorlar 
jamiyati aktivning ulushi huquqiga ega emaslar. 
Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib keyinchalik emitent 
(jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo‘lsa boshlang‘ich emissiya jarayoniga zid ravishda 
nominal qiymatidan past bahoda sotilishi mumkin. 
Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o‘zining aksiyalarining qiymati 8610-"Sotib 
olingan o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" 
schyotlarining debeti tomonida nominal qiymatda yeki sotishning boshlang‘ich bahosida emas, 
balki haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi. 
Emitentlar sotib olingan o‘zining aksiyalarini sotib olish bahosidan yuqori bahoda 
qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish va qayta sotish baholarining 
o‘rtasidagi farq summani 9590- "Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" schyotining 
krediti tomonidan aks ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga 


342 
sotilsa ushbu muomaladagi baholar o‘rtasidagi farq zarar sifatida 9690-"Moliyaviy faoliyat 
yuzasidan ko‘rilgan sarflar"schyotining debeti tomonida ko‘rsatiladi. 
Agarda emitentlar uzining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni nominal qiymatidan 
yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9690-
"Moliyaviy faoliyat yuzasidan ko‘rilgan sarflar" schyotining debeti tomonida ko‘rsatadilar. 
O‘zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni nominal qiymatdan 
past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9590-
"Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" schyotining kredit tomonida kayd kilinadi. 
8610-"O‘zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo‘yicha analitik hisob aksiyaning har 
bir turi va aksiya egalari bo‘yicha ayrim olgan holda yuritiladi. 
8600-O‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi. 
8610-"Sotib olingan uzining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli 
aksiyalari". 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin