344
Mazkur hisobvaraqlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini
moliyalash manbai sifatida ko‘rib chiqiladigan ajratilgan grant va
subsidiyalarning mavjudligi
va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 5110, 5210-"Pul mablag‘lari"hisobvaraqlari;
Kt 8810- «Grantlar».
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 8810-«Grantlar»;
Kt 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari.
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida
kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga
hamda yangi muassis paydo
bo‘lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yxatdan
o‘tkazish lozim:
Dt 8810-'Grantlar";
Kt 8530-"Tekinga olingan mol-mulk".
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga
tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi:
-aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida
tan olinadigan maqsadli
tushumlar sifatida;
-kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizasiyalanadigan
aktivdan
foydali
foydalanish
muddati
davomida
hisoblanadigan
eskirishni qisqartirish yo‘li bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Shuningdek, 8800-"Maqsadli tushumlar" guruhida quyidagi hisobvaraklar ochilgan:
8830-"A’zolik badallari";
8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari".
8830-"A’zolik' badallari" hisobvaragida ta’sis hujjatlari
bilan belshlangan jamiyat
a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-"A’zolik
badallari" hisobvaragi krediti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisob-varaklari bilan
korrespondensiyada aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar
summalarini maqsadli
vazifalarni bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari"
hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari
bo‘shagan mablag‘lar
summasiga debetlanadi, 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq
imtiyozlari" hisobvaragi kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan
mablag‘lar summalari imtiyozli davr ko‘rsatilgan taqdirda
-imtiyozli davr tugagach, qolgan
345
hollarda esa-har yili 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvaragi debetidan
8530-"Bepul olingan mol-mulk" hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: