Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   318
hisob siyosati

SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI
ularni
sotib olish qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi, 
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
SOTISH JARAYONI
deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor 
mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni xaridorlarga sotish tushuniladi.
SOTISHNING SOF QIYMATI
–bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik 
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish 
hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari pasaytirilgan baholarda, ya’ni 
sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi. 
STANDART KOST (STANDARD COSTS) – 
hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan 
va mahsulotning standart (meyoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya 
qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat 
va xarajat markazlari, xarajat moddalari boyicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini 
aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan 
tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya 
qilish usuliga o’xshaydi. 
STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI. 
Ushbu usul registrlarda summa ortig‘i bilan 
ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi 
hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, 
faqat farq summa qizil yozuv bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi. Qizil yozuv umumiy 


416 
summadan ayirishni bildiradi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va 
tasdiqlanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin