Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
hisob siyosati

 XO‘JALIK JARAYONI
deganda korxonada yuz bergan va berayotgan ma’lum 
muomalalar yig‘indisi tushuniladi. 
XO‘JALIK OPERASIYASI (MUOMALASI)
deganda korxonada yuz bergan va 
berayotgan aniq xarakatlar, ishlar tushuniladi. 
VALUTA KURSI
-
bir valutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan 
davlatlardagi valuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar hukumati tomonidan belgilanmay, 
balki xalqaro valuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi.
VASIQA DISKONTI
 
- vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga qadar vasiqalarning 
bank tomonidan sotib olinishi. 
VERTIKAL TAHLIL –
har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga 
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish. 
YALPI FOYDANING GRAFIGI (CHIZMASI) – 
ishlab chiqarishning ma’qul holatida 
foyda va zararlarning hududi (miqyosi)ni aks ettiradigan grafik (chizma). 
YALPI TUSHUM
– bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum bo‘lib, 
u o‘z ichiga sof tushum hamda byudjetga to‘lanadigan bilvosita soliqlarni (aksiz solig‘i, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i va avtomobil yoqilg‘ilari iste’moli solig‘i) oladi. 
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
deganda asosiy ishlab 
chiqarish sexlari uchun yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish 
bo‘linmalarining (sexlarning) xarajatlari tushuniladi. Yordamchi sexlar bo‘lib, masalan, 
ta’mirlash sexi, mexanika sexi, bug‘ berish sexi va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sexlarning 
xarajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 
tarkibiga kiritiladi. 
YURIDIK SHAXSLAR 
- O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar 
bilan bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga, mustaqil 
buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va ularning mustaqil 
shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin