TEXNIKAVIY – IQTISODIY REJALASHTIRISH – tegishli yil uchun smeta va
budjetni, uzoq muddatga subektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani ishlab
chiqish.
TRANSFERT BAHO – ishlab chiqarish bo’linmalari yoki ma’suliyat markazlari o’rtasida
ko’rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o’rnatilgan baho. Transfert baholarni o’rnatish
ayrim bo’lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan subektlarning bo’linmalari o’rtasida
o’rnatiladi.
TRENDLI TAHLIL – bir necha hisobot davrlari ichidagi o’zgarishlarning harakatini
o’rganish.
TO‘LOV MANBAI – soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
TO‘LOV SHAKLLARI deganda, odatda, huquqiy meyorlarda ko‘zda tutilgan, kreditor
hisobiga mablag‘larni o‘tkazish usuli, hisob-kitob hujjati turi va hujjatlar aylanish tartibi bilan
farqlanuvchi nakd pulsiz to‘lovlar shartlari ko‘zda tutiladi.
TO‘LOV TOPSHIRIQNOMASI korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z
hisobvarag‘idan muayyan summani boshqa korxonaning va shu banqdagi yoki ana shu shaharda
yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schyotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi
topshirigi hisoblanadi.
TO‘LOVLARNING TO‘LOV TALABNOMA –TOPSHIRIQNOMALARI SHAKLIda mol yetkazib beruvchi mahsulotni Yuklab jo‘natgandan so‘ng to‘lov talabnomasini
yozib, unga xizmat ko‘rsatadigan bankka topshiradi. U xaridordan pulni undirish va uni mol
yetkazib beruvchining hisob-kitob schyotiga kiritish uchun talabnomani xaridorning bankiga
jo‘natadi. To‘lovchining aksepti
(roziligi) mavjud bo‘lganda, hisobvaraqlar haqi to‘lanadi.
UMUM ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI deganda barcha asosiy va yordamchi
ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi,
yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar asosiy va
yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning xarajatlari ham alohida
hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq asosiy va yordamchi
ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi.