XO‘JALIK JARAYONI
deganda korxonada yuz bergan va berayotgan ma’lum
muomalalar yig‘indisi tushuniladi.
XO‘JALIK OPERASIYASI (MUOMALASI)
deganda korxonada yuz bergan va
berayotgan aniq xarakatlar, ishlar tushuniladi.
VALUTA KURSI
-
bir valutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan
davlatlardagi valuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar hukumati tomonidan belgilanmay,
balki xalqaro valuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi.
VASIQA DISKONTI
- vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga qadar vasiqalarning
bank tomonidan sotib olinishi.
VERTIKAL TAHLIL –
har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish.
YALPI FOYDANING GRAFIGI (CHIZMASI) –
ishlab chiqarishning ma’qul holatida
foyda va zararlarning hududi (miqyosi)ni aks ettiradigan grafik (chizma).
YALPI TUSHUM
– bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum bo‘lib,
u o‘z ichiga sof tushum hamda byudjetga to‘lanadigan bilvosita soliqlarni (aksiz solig‘i,
qo‘shilgan qiymat solig‘i va avtomobil yoqilg‘ilari iste’moli solig‘i) oladi.
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
deganda asosiy ishlab
chiqarish sexlari uchun yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish
bo‘linmalarining (sexlarning) xarajatlari tushuniladi. Yordamchi sexlar bo‘lib, masalan,
ta’mirlash sexi, mexanika sexi, bug‘ berish sexi va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sexlarning
xarajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga kiritiladi.
YURIDIK SHAXSLAR
- O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar
bilan bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga, mustaqil
buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va ularning mustaqil
shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |