Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   318
hisob siyosati

SUBVENSIYA
— muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan 
quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; 
SUBSIDIYA
— tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni 
realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli 
xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va 
jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari; 
TA’MINOT 
JARAYONI deganda korxonani faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan
mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, pul va boshqa mablag‘lar bilan ta’minotlash 


418 
tushuniladi. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya’ni ishlab chiqarish va sotish 
jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy faoliyat 
ko‘rsatishi aynan ta’minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‘liqdir.
TANNARX – 
bu mahsulot (ish,xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha 
xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi

Tannarxga kiritilish usuliga qarab

barcha ishlab chiqarish xarajatlari bevosita va bilvosita 
xarajatlarga bo‘linadi. 
Bevosita xarajatlar
 
deganda
 
u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga 
to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi.

Ularga misol qilib, masalan, non ishlab 


chiqarishda tuzilgan kalkulyasiyaga muvofiq bevosita sarflangan un va boshqa materiallarning 
xarajatlarini, bevosita non ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ishchilarga hisoblangan ish haqi 
xarajatlarini, ishlab chiqarish sexining bevosita boshqa xarajatlarini keltirish mumkin. 
Bilvosita xarajatlar
deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli 
bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib 
bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida 
taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga
 
qarab ishlab chiqarish xarajatlari 
o‘zgaruvchan va shartli o‘zgarmas turlarga bo‘linadi: 
O‘zgaruvchan xarajatlar
– bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra
sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan xarajatlar. Masalan, material sarfi bevosita
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning miqdoriga bog‘liq, ishbay ishlaydigan xodimga 
hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab chiqargan mahsuloti(bajargan ishi)ning
miqdoriga bog‘liq.
Shartli o‘zgarmas xarajatlar
– bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan summasi 
o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar. Misol qilib ishlab 
chiqarish qurollari va vositalari bo‘yicha shartnomaga asosan qat’iy summada to‘lanadigan ijara 
haqi, mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarini keltirish mumkin. Bunday xarajatlar miqdor 
jihatdan shartli o‘zgarmas, lekinda ishlab chiqarish hajmiga nisbatan darajasi o‘zgaruvchan 
xarajatlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin