SUBSIDIYALAR – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir
shartlarga ko‘ra davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi.
SCHYOTLAR – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, xarajat,
foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu
davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish
usuli.
Buxgalteriya schyotlari bu – xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy resurslari holati va
harakati haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini ro‘yxatga olish va saqlash usulidir.
Har bir schyot ichki tomondan to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi:
Bosh qoldiq –bu schyot bo‘yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar
tilida uni
«bosh saldo » ham deb ataydilar.
Debet oborot – bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv
schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga
ko‘payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i
summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.
Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv
schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga
kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i
summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi.
Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‘yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Buxgalterlar
tilida uni
« oxirgi saldo » ham deb ataydilar
Schyotning debet yoki kredit tomonlariga yozilgan muomalalar summalarining jami
schyot aylanmasi(aylanma