Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318
hisob siyosati

SAMARALI XARAJATLAR – 
tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar. 
SAMARASIZ XARAJATLAR –
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan ya’ni 
ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – 
xo’jalik yurituvchi subektning 
tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan konsepsiY. Bir biznes birligi 
uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo qiladi.
SEGMENTLAR BOYICHA HISOBOT –
xo’jalik yurituvchi subekt faoliyatining ayrim 
segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) boyicha hisobot. 
SMETA –
subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish yuzasidan 
tuzilgan moliyaviy reja.
SOF FOYDA
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs 
ixtiyorida qoladigan foyda

SOF TUSHUM
- bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan korxonaning o‘zi ko‘rgan 
daromad bo‘lib, u o‘z ichiga sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi hamda korxona yalpi 
foydasini oladi. 
SOTISH BAHOSI 
- talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi 
o‘rtasida kelishilgan baho. 
SOTISH TANNARXI
– bu sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish 
(bajarish, ko‘rsatish) xarajatlari majmuasi. 
SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - 
sof tushum va sotish tannarxi o‘rtasidagi 
farq.
SOTISH XARAJATLARI
– bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish uchun korxona 
tomonidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar, masalan reklama xarajatlari, sotish bo‘limi va 
omborxonalarini saqlash, ularda band xodimlar mehnat haqi va boshqa xarajatlar. Sotish 
xarajatlari sotish tannarxiga kiritilmaydigan korxonaning sotishdan olingan yalpi foydasi evaziga 
qoplanadigan xarajatlar bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin