SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI ularni
sotib olish qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi,
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
SOTISH JARAYONI deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor
mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni xaridorlarga sotish tushuniladi.
SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish
hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari pasaytirilgan baholarda, ya’ni
sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi.
STANDART KOST (STANDARD COSTS) – hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan
va mahsulotning standart (meyoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya
qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat
va xarajat markazlari, xarajat moddalari boyicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini
aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan
tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya
qilish usuliga o’xshaydi.
STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI. Ushbu usul registrlarda summa ortig‘i bilan
ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi
hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi,
faqat farq summa qizil yozuv bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi. Qizil yozuv umumiy
416
summadan ayirishni bildiradi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va
tasdiqlanadi.