PUL BADALLARI HAQIDAGI E’LON bilan hisob-kitob hisobvarag‘iga naqd pullar
topshirilganligi rasmiylashtiriladi.
PUL MABLAG‘LARI korxonaga tegishli naqd pullarni o‘z ichiga oladi va bu
mablag‘lar korxonaning bankdagi hisob – kitob, valyuta va maxsus schyotlarida saqlanadi.
PUL EKVIVALENTLARI – bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan, lekin boshqacha
turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga chiqarilgan,
keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To‘lash
qiymati bilan chiqarilish qiymati o‘rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo‘ladi.
PUL CHEKI korxonaning hisob-kitob hisobvarag‘idan chekda ko‘rsatilgan naqd pul
summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat.
PREFERENSIYA – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda
ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz,
afzallik va ustuvorliklar.
QAYDNOMALAR –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga
mo‘ljallangan registrlar.
QAYISHQOQ BUDJET – xo’jalik yurituvchi subektning faoliyatining bir necha
darajasini ko’zlab tuzilgan budjet.
QAYTARILMAYDIGAN SARFLAR – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir
bo’lgan oldingi davr xarajatlari.
QAYTA TIKLANADIGAN ZAXIRALAR – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan
xomashyo va materiallar.
QAYTARILMAYDIGAN XARAJATLAR – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish
mumkin bo’lmagan xarajatlar.
QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI – kapital quyilmaning sof keltirgan
qiymati nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va
xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko’rinishida keltirilishi
mumkin.